Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Toshkentning Mirzo Ulug‘bek tumanida 12 yoshli qiz o‘z joniga qasd qildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

28-noyabr kuni soat taxminan 17:24 larda Mirzo Ulug‘bek tumani IIO FMB navbatchilik qismiga kelib tushgan xabarga ko‘ra, 7-sinf o‘quvchisi bo‘lgan 12 yoshli qiz Z.A. Oltintepa ko‘chasidagi uy hovlisida daraxtga o‘zini osib, joniga qasd qilgan.

Sud-tibbiy ekspertizasi Yunusobod filialining 29-noyabrdagi dastlabki ma’lumotiga ko‘ra, marhumaning o‘limiga bo‘yin a’zolarining sirtmoq bilan tiqilishidan kelib chiqqan mexanik asfiksiya sabab bo‘lganini aniqlagan.

Hozirda holat yuzasidan Mirzo Ulug‘bek tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
AOKA “Human.uz” jurnalistlari bilan bog‘liq holat yuzasidan munosabat bildirdi 
Mahalliy
O‘zbekistonda chiqindi gazidan elektr ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi 
Dunyo
Putin yo‘qotishlarga qaramay, bahorda Ukrainaga qarshi yangi hujumni rejalashtirmoqda — Bloomberg