Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

AOKAda o‘tkazilgan brifingda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘i o‘rinbosari Botirjon Qurbonov O‘zbekistonda OITSga qarshi kurash sohasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, har yili respublikada 4—4,5 million aholi OIV infeksiyasiga tekshiruvlar bilan qamrab olinmoqda. 0,1 foiz holatlarda kasallik aniqlanmoqda, bu esa aholi o‘rtasida kasallikning kamayib borayotganidan darak beradi.

Bundan 10 yillar avval 700 000 nafar aholi OIV infeksiyaga tekshirilgan va kasallik aniqlanish ko‘rsatkichi 0,42—0,45 foizni tashkil etgan. Kasallikning onadan bolaga yuqish ko‘rsatkichi esa 4,8 foizdan 0,6 foizgacha kamaygan.

2009-yillarda respublikada OIV infeksiyasi 60,8 foiz holatlarda parenteral yo‘l bilan yuqqan bo‘lsa, so‘nggi yillarda butun dunyoda qayd etilayotgan holatga O‘zbekistonda ham kuzatilgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, 74 foiz holatlarda kasallikni jinsiy yo‘l bilan yuqqanini ko‘rish mumkin. Infeksiya orqali giyohvand moddalarni qabul qiluvchilar ichida OIVning tarqalishi 5,1 foizdan 2,9 foizgacha kamaygan.

Har yili OIV infeksiyali onalardan tug‘ilgan 6 oylikkacha bo‘lgan 600 nafar bolani sun’iy quruq sut aralashmalari bilan ta’minlash mexanizmi yaratilgan. 18 yoshgacha bo‘lgan OIV infeksiyali bolalar esa kasallik aniqlanishi bilan ijtimoiy nafaqa bilan ta’minlanmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Oxirgi 100 yil ichida sodir bo‘lgan dunyodagi eng kuchli 10 ta zilzila (video+foto)
Dunyo
Polsha bosh vaziri Ukrainadagi urush uchinchi jahon urushiga aylanishini prognoz qildi
Mahalliy
O‘zbekistonda dollar kursi yana oshdi