Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Armanistonda bortida Rossiya fuqarolari bo‘lgan B55 xususiy samolyoti qulab tushdi. Bu haqda Armenpress xabar berdi.

Foto: Sputnik

Foto: Sputnik

Hodisa 1-dekabr, mahalliy vaqt bilan soat 14:20 da Jrabet qishlog‘ida yuz bergan. Samolyot ikki dvigatelli bo‘lib, Yerevandan Astraxanga uchayotgan bo‘lgan. Voqea joyiga ixtisoslashgan xizmatlar jo‘nab ketgan va ikkita kuygan jasadni aniqlagan. Marhumlar 1979 va 1983-yilda tug‘ilgan Rossiya fuqarolari bo‘lgan.

Foto: Armenpress

Foto: Armenpress

Rossiya manbalari samolyot qulaganidan keyin yonib ketganini ma’lum qildi. Aviatexnika ochiq maydonga qulagan, shuning uchun infratuzilma obyektlariga zarar yetmagan, halokat joyida boshqa qurbonlar aniqlanmagan.

Foto: Armenpress

Foto: Armenpress

Eslatib o‘tamiz, 6-noyabr kuni Tanzaniyadagi Viktoriya ko‘liga yo‘lovchi samolyoti qulab tushgandi. Bortda jami 53 kishi — 49 yo‘lovchi va to‘rt nafar ekipaj a’zosi bo‘lgan. Halokatga mintaqadagi yomg‘irli yomon ob-havo sabab bo‘lgan. Qurbonlar qayd etilmagan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Ukraina tashqi ishlar vaziri Putinning “Zelenskiyni o‘ldirmaslik” bo‘yicha bergan va’dasiga munosabat bildirdi
Sport
A Seriya. Eldor Shomurodovning debyut o‘yinida “Spetsiya” o‘zida “Napoli”ga yirik hisobda yutqazdi
Dunyo
Marsdan ham sovuqroq: AQSHda havo harorati tarixiy rekordni yangiladi (video)