Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Pxenyan raketalarni yaratish va sinovdan o‘tkazishda davom etayotgani sababli AQSH Shimoliy Koreyaga qarshi yangi sanksiyalar paketini ishlab chiqmoqda. Bu haqda AQSH milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jeyk Sallivan Janubiy Koreyada o‘tkazilgan konferensiyadagi onlayn nutqi chog‘ida ma’lum qildi.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

“Hozircha bizda sanksiya choralarining yangi paketi borligini ayta olamiz”, — dedi Sallivan. U KXDR tomonidan amalga oshirilgan raketa uchirishlari fonida AQSH, Yaponiya va Janubiy Koreya harbiy va xavfsizlik sohasida uch tomonlama hamkorlikni kuchaytirishga qaror qilganini ta’kidladi.

Sallivanning so‘zlariga ko‘ra, chora-tadbirlar qo‘shma harbiy mashg‘ulotlar va “AQSH strategik imkoniyatlarining mintaqaviy mavjudligi yanada sezilishini” o‘z ichiga oladi.

“Shu bilan birga, Vashington Shimoliy Koreya bilan muloqotga tayyor va hech qanday shartlarsiz muzokaralarga ochiq”, — dedi AQSH prezidenti maslahatchisi.

AQSH va Janubiy Koreya Shimoliy Koreyaning ballistik raketa uchirishiga javoban qo‘shma mashg‘ulotlar o‘tkazmoqda. Oxirgi marta mashg‘ulotlar 18-noyabr kuni F-35A qiruvchi samolyotlari ishtirokida o‘tkazilgan. Mashg‘ulotlar doirasida qiruvchilar GBU-12 lazerli boshqariladigan bombalar bilan Shimoliy Koreya raketa obyektlariga hujumni mashq qilgan, deb yozadi Yonhap.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
Entoni Joshuaning navbatdagi raqibi va jangi sanasi ma’lum bo‘ldi
Iqtisodiyot
Uzbekistan Airways Nyu-Yorkka parvozlar uchun 20 foizlik chegirma e’lon qildi
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda 2023-yilda inflyatsiya 8,5—9,5 foiz atrofida bo‘lishi kutilmoqda