Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Davlat tomonidan ta’lim tizimi uchun ajratilayotgan xarajatlar aholi orasida kambag‘allik darajasini qisqartirishga qanday ta’sir ko‘rsatishini baholash bo‘yicha tadqiqot o‘tkazildi. Bu haqda Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti xabar bermoqda.

Foto: Daryo” / Madina Nurman

Foto: Daryo” / Madina Nurman

Inson kapitali nazariyasiga ko‘ra, ta’lim uchun xarajatlar oshiriladigan bo‘lsa, xodimlarning mehnat unumdorligi ham oshadi. Bu esa ularning daromadlari ortishi hamda aholining kambag‘allik darajasi pasayishiga olib keladi.

Shu bilan birga, farzand ta’limining boshlang‘ich darajalariga sarmoya kiritish, kelgusida ularning daromadlari ta’limning keyingi bosqichlariga sarmoya kiritishdagiga qaraganda ko‘proq ortishida yordam beradi.

Ta’lim jamiyatda daromadlar tengsizligini kamaytirish va gender tengligini ta’minlashning asosi hisoblanadi.

Ota-onaning ta’lim darajasi farzandlar farovonligiga to‘g‘ridan to‘g‘ri ta’sir ko‘rsatib, kelgusida ularning kambag‘al bo‘lib qolish xavfini kamaytiradi.

Davlat tomonidan ta’lim tizimi uchun ajratilayotgan mablag‘larning kambag‘allikni qisqartirishga ta’sirini baholash uchun past va o‘rta daromadli 52 ta mamlakatning 1990—2020-yillar bo‘yicha panel ma’lumotlaridan foydalanib, empirik tahlil o‘tkazildi.

Tadqiqot natijalariga ko‘ra, davlat tomonidan ta’lim tizimi uchun ajratilayotgan mablag‘larning 1 foizga ortishi kambag‘allikni 0,03 foizga qisqartirish imkonini beradi.

Shu bilan birga, YIMning o‘sishi, savdo-sotiq va hamda yalpi kapital qo‘yilmalarning oshishi, inflyatsiyaning pasayishi kabi omillar kambag‘allik darajasi bilan teskari aloqaga ega.

2020-yilda tadqiq etilgan mamlakatlarda ta’lim tizimi uchun sarflangan xarajatlarning YIMga nisbatan o‘rtacha ulushi 4,11 foizni, O‘zbekistonda esa 4,9 foizni tashkil etgan.

Oxirgi 5 yilda O‘zbekistondagi ta’limning barcha bosqichlarida ijobiy o‘zgarishlar kuzatildi. Aholining mos yoshdagi qatlamlarini maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish 38,2 foizga, umumiy o‘rta ta’lim bilan 0,9 foizga, oliy ta’lim bilan 29 foizga o‘sdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Britaniya hukumati “Vagner”ni terrorchi tashkilot deb e’lon qilmoqchi — The Telegraph
Dunyo
AQSHda xavfli moddalarni olib ketayotgan yuk poyezdi relsdan chiqib ketdi (video)
Mahalliy
O‘zbekistonda kelayotgan hafta boshida qanday ob-havo bo‘ladi?