Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Samarqandda fuqaroni pul evaziga Meksika orqali AQSHga yubormoqchi bo‘lgan yana bir kishi qo‘lga tushdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Foto: O‘zA

Foto: O‘zA

Qayd etilishicha, DXX Samarqand viloyati Boshqarmasi hamda viloyat IIB xodimlari hamkorligida noqonuniy migratsiya va odam savdosiga qarshi kurash yo‘nalishida tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Tadbir davomida 1994-yilda tug‘ilgan, Samarqand shahrida yashovchi X.S. mahalliy fuqaroning ishonchiga kirib, uni Meksika orqali AQSHga yuborishi evaziga 25 ming dollar so‘ragani aniqlangan. X.S. hujjatlarni rasmiylashtirish uchun oldindan 10 ming dollarni olayotganda ushlangan.

Ushbu shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Bundan avval Samarqandda 40 ming dollar evaziga Turkiya va Yaponiya orqali AQSHga yuborishni va’da qilgan shaxslar ushlangandi.

Mavzuga doir: 

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Moskva metrosidagi eng yirik terakt, Olimpiada o‘yinlariga mezbonlik qilgan Gitler va 25 yoshida Britaniya taxtiga o‘tirgan Yelizaveta. Kun xronologiyasida 6-fevra...
Dunyo
Turkiyada 7,4 magnitudali zilzila yuz berdi
Dunyo
Ukraina tashqi ishlar vaziri Putinning “Zelenskiyni o‘ldirmaslik” bo‘yicha bergan va’dasiga munosabat bildirdi