Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Uzbekistan Airports qalin tuman sababli 30-noyabr kuni Namangan aeroporti faoliyati cheklanib, qator reyslar kechiktirilganini e’lon qildi.

Foto: Uzbekistan Airports matbuot xizmati

Foto: Uzbekistan Airports matbuot xizmati

Ma’lum qilinishicha, Namangan xalqaro aeroportida qalin tumanda ko‘rinishning yomonligi (200 metr) tufayli reyslarni qabul qilish va jo‘natish vaqtincha cheklandi. Ikkita reys muqobil aerodromlarga yuborildi.

Xususan, Uzbekistan Airways’ning Krasnoyarsk—Namangan yo‘nalishi bo‘yicha HY9824 reysi mahalliy vaqt bilan soat 07:23 da Toshkent aeroportiga qo‘ndi. Ob-havo yaxshilanishi bilan Toshkentdan Namanganga, u yerdan esa Ufaga uchishi kutilmoqda.

Red Wings aviakompaniyasining Yekaterinburgdan Namanganga uchgan WZ1127 reysi soat 09:47 da Farg‘onaga qo‘ndi.

HY9858/073 Ufa—Namangan—Buxoro (taxminiy kelish vaqti — 14:30), HY74/47 Buxoro—Namangan—Samarqand (kelish — 19:05), HY48 Samarqand—Namangan (kelish vaqti — 23:00) reyslari ham ob-havo sharoiti tufayli kechiktirilishi kutilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Turkiya va Suriyadagi zilzila nega halokatli oqibatlarga olib keldi?
Mahalliy
“Qardoshlarimizga hamdardmiz”. O‘zbek jamoatchiligi Turkiyadagi zilzilaga munosabat bildirdi
Dunyo
Turkiya va Suriyadagi kuchli zilzila: Vayronalar ostidan odamlar qidirilmoqda — fotoreportaj