• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12581.97
    • RUB157.75
    • EUR14698.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda aholi muammolari bilan ishlash sohasida yangi tizimga o‘tilmoqda

    O‘zbekiston prezidenti topshirig‘iga muvofiq aholi muammolari bilan ishlash sohasida yangi tizim joriy etilmoqda. Prezident xalq qabulxonasining “Daryo”ga ma’lum qilishicha, tajriba sifatida Toshkent viloyatining og‘ir hududlaridan biri bo‘lgan Oqqo‘rg‘on tumani tanlab olindi.

    Unga ko‘ra, prezident maslahatchisi G‘ofurjon Mirzayev boshchiligidagi 24 ta vazirlik va idora rahbarlaridan iborat ishchi guruhi 4 ta sektor kesimida tumandagi 29 ta mahallada faoliyat olib bormoqda.

    Ishchi guruhi tuman hududini mahallama-mahalla, uyma-uy yurib, har bir xonadonning sharoiti bilan tanishib, aholi muammolari va ijtimoiy-iqtisodiy masalalarini o‘rganib, ularni tezkor va samarali hal qilish choralarini ko‘rmoqda. Ushbu jarayonda asosiy e’tibor og‘ir ijtimoiy ahvoldagi, yakka-yolg‘iz, boquvchisini yo‘qotgan insonlarni qiynayotgan masalalarga yechim topishga qaratilmoqda.

    Mas’ullar, ishchi guruhi a’zolari bevosita chekka hududlardagi qishloqlarda tunab, o‘sha yerda mahalla faollari, oqsoqollar, keksa nuroniylar, faollari bilan aholida mavjud muammolar xususida muhokamalar o‘tkazib, joyida yechim izlamoqda.

    Ayni paytda Oqqo‘rg‘on tumanining “Yoshlik”, “Madaniyat”, “Jag‘alboyli”, “Suvti”, “Qo‘shtamg‘ali”, “Mustaqillik”, “Xonobod”, “Eltamg‘ali”, “Sulton Segizboyev”, “Tolovul” mahallalaridagi 920 ta xonadon va 15 ta ijtimoiy soha obyekti o‘rganildi. Ularda aniqlangan 547 ta masalaning 76 tasi (13,8 foizi) hal qilindi, 471 ta masala bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi.

    Xususan, “Mustaqillik” mahallasida yashovchi 70 yoshli og‘ir ijtimoiy ahvoldagi Vladimir Vyatchinin davolanishi uchun Toshkent viloyati ixtisoslashtirilgan somatika shifoxonasiga yotqizilgan bo‘lsa, “Madaniyat” mahallasidagi A. Mamazoitov xonadoniga 40 metr quvur tortilib, tabiiy gaz ta’minotiga ulab berildi. Hududda tashkil qilingan chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik natijasida ambulator sharoitdagi 36 nafar bemor kerakli dori-darmonlar bilan ta’minlandi.

    “Mustaqillik” mahallasidagi eskirgan simyog‘ochlar beton ustunlarga almashtirilayotgan bo‘lsa, “Yoshlik” mahallasi Zamahshariy ko‘chasidagi suv quvurlari ta’mirlanmoqda.

    Shu bilan birga, muddat va mablag‘ talab qiladigan qator masalalarni kelgusi yil dasturlariga kiritish belgilandi. Xususan, “Suvti” mahallasidagi yaroqsiz ko‘prik ta’mirlanishi bilan kamida 400 nafar aholini o‘ylantirayotgan tizimli masala hal qilinadi. Yoki “Xonobod” mahallasidagi 1960-yilda qurilgan 450 o‘rinli 9-sonli maktabga qo‘shimcha bino qurilishi rejalashtirildi.

    Xuddi shunday “Madaniyat” mahallasidagi 22-, 27-, 47-, 50-sonli maktablarni, ayniqsa, 50-maktabning achinarli ahvoldagi sport zalini rekonstruksiya qilish, mahallalarning qishda loy, yozda chang ko‘chalarini ta’mirlash, “Qo‘shtamg‘ali”dagi 500 ta yaroqsiz simyog‘ochlarni beton ustunlarga almashtirish bilan minglab insonlar hayotida amaliy o‘zgarishlarga erishiladi.

    Respublika ishchi guruhi o‘z faoliyatini davom ettirmoqda.

    Eslatib o‘tamiz, prezident farmoniga muvofiq 2019-yil 1-fevraldan boshlab Xalq qabulxonalarining aholi murojaatlari bilan ishlash bo‘yicha amaldagi tizimi bilan bir qatorda, Xalq qabulxonalarining muammolarni uyma-uy yurish orqali aniqlash va hal qilishini, davlat organlarining aholi bilan bevosita ishlashini nazarda tutuvchi yangi tizim joriy qilinmoqda.

    Mazkur yangi tizim joriy etilishining asosiy sababi murojaatlar bilan ishlashning amaldagi tizimi aholining mavjud muammolarini to‘liq qamrab olish va tezkorlik bilan hal qilish imkonini bermayotgani bilan bog‘liq. Chunki barcha davlat organlari kabi Xalq qabulxonalari ham o‘z faoliyatida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini qabul qilish va ko‘rib chiqish amaliyotidan foydalanib kelmoqda. Bu esa faqat murojaat tufayli yuzaga qalqib chiqqan muammolarnigina ro‘yxatga olish hamda u yoki bu tarzda munosabat bildirish imkonini beradi, xolos.

    30.11.2022, 12:47   Izoh (0)   12343
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Sirdaryoda fermer xo‘jaligi rahbari aldov yo‘li bilan fuqaroning 280 mln so‘mini qo‘lga kiritdi

    30.11.2022, 12:36

    O‘zbekistonda dekabrdan havo keskin sovib ketishi kutilmoqda

    30.11.2022, 11:29

    Toshkentda IIB xodimi xizmat vazifasini bajarayotgan vaqtida o‘ldirib ketildi

    30.11.2022, 11:03

    Samarqandda fuqaroni pul evaziga AQSHga yubormoqchi bo‘lgan yana bir kishi qo‘lga tushdi

    30.11.2022, 10:29

    Uch foiz bolalar ko‘zoynak taqadi — Statqo‘m

    30.11.2022, 10:15

    Vladimir Norov boshchiligidagi delegatsiya YXHT yig‘ilishida qatnashadi

    30.11.2022, 10:08
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi 


    Way II kompaniyasi o‘z investorlariga dividend to‘lovlarini amalga oshirdi


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    Yengillik kuch bilan birlashganda: 2025-yilning talabalar uchun mo‘ljallangan to‘rtta ASUS noutbuki 


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov

     

    Tavsiya etamiz

    O‘zbekistonda non narxi nega qimmatlashayotgani o‘rganildi

    16 avgust, 23:46
    Audio Icon

    Qutblar tutashuvi – AQSH prezidentlari sovet va Rossiya rahbarlari bilan necha marta uchrashgan?

    16 avgust, 21:27
    Audio Icon

    “U imperiyani qutqarishi kerak edi” Tarixdagi eng yirik va qudratli jangovar kema – Yamato haqida

    15 avgust, 09:15

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    AQSH birinchi xonimi Putinga maktub yo‘lladi

    Dunyo | 17 avgust, 14:15

    Toshkent ijarada turmoqchi bo‘lgan talabalarni chuv tushiruvchi firibgarlar paydo bo‘ldi

    O‘zbekiston | 17 avgust, 13:40

    “Netanyaxuning o‘zi muammoga aylangan” — Daniya bosh vaziri

    Dunyo | 17 avgust, 13:05

    Heytga uchragan Kerem Bursin, Pokizaning g‘alati hobbisi, Hande Erchelning nikoh marosimi — Turk kinosi yangiliklari

    Shou-biznes | 17 avgust, 12:35

    O‘zbekistonning ayrim hududlarida 18-avgust kuni yomg‘ir yog‘ishi mumkin

    O‘zbekiston | 17 avgust, 12:10

    Starlink O‘zbekistonda 2026-yilda ishga tushirilishi mumkin

    O‘zbekiston | 17 avgust, 11:37

    Putin Ukrainada jang qilgan Shimoliy Koreya askarlarini “qahramon” deb atadi

    Dunyo | 17 avgust, 11:08

    Hamzat Chimayev Dyu Plessini mag‘lubiyatga uchratib, UFC’ning yangi chempioniga aylandi (video)

    Sport | 17 avgust, 10:49
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.