Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

“Daryo” nashri 30-noyabrda O‘zbekiston va jahonda sodir bo‘lgan eng muhim voqealarni e’tiboringizga havola etadi.

Ukrainani qayta tiklash uchun 1 trillion dollar kerak. Rossiyaning Ukrainadagi harbiy jinoyatlari tergovi uchun maxsus sud yaratiladimi?

Hozirgi paytda Ukrainani qayta tiklash uchun 1 trillion dollardan ortiq mablag‘ talab etiladi. Bu haqda Vladimir Zelenskiy Xalqaro ko‘rgazmalar byurosi Bosh assambleyasiga yo‘llagan videomurojaatida ma'lum qildi.

“Hozirdanoq o‘nlab sherik mamlakatlarni Ukrainani qayta tiklashga jalb qilyapmiz. Mablag‘larning umumiy hajmi — 1 trillion dollar”, — degan prezident. Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, G‘arb mamlakatlari va kompaniyalari hududlar, shaharlar yoki korxonalarni “otaliqqa olishi” mumkin va buning amaliy ijrosiga o‘tgan davlatlar sanab o'tilgan.

Ayni vaziyatda Yevropa komissiyasi rahbari Ursula fon der Lyayyen o‘z bayonotida: Rossiyaning Ukrainaga bosqini boshlanganidan beri 20 mingdan ortiq tinch aholi va Ukraina Qurolli kuchlarining 100 mingdan ortiq harbiy xizmatchilari halok bo‘lganini keltirdi.

“Rossiya harbiy jinoyatlari uchun javob berishi kerak”, — degan Yevropa komissiyasi rahbari, Rossiyaning Ukrainadagi harbiy jinoyatlarini tergov qilish uchun BMT tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan maxsus sud yaratishni taklif qildi.

Yevrokomissiya rahbarining aytishicha, Rossiya Ukrainaga yetkazilgan moliyaviy zararni ham qoplashi kerak, uning hisob-kitoblariga ko‘ra, bu hozirgacha 600 milliard yevrodan oshgan. Ushbu maqsadlar uchun YI Rossiya Markaziy bankiga qarashli 300 milliard yevro va rossiyalik oligarxlarga tegishli 19 milliard yevro mablag‘ni muzlatib qo‘ygan.

Rossiya terrorizm homiysi deb tan olinishidan bosh tortildi. Buning sababi nimada?

AQSH Rossiyani terrorizm homiysi deb tan olishdan bosh tortishi sabablaridan biri don bitimi bo‘lgan. Bu haqda mamlakatning Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YXHT)dagi doimiy vakili Maykl Karpenter ma’lum qildi.

“Bu qonunchilikdan foydalanishimiz natijasida Ukrainaning bosib olingan qismlariga gumanitar ko‘mak berish, shuningdek, bizning fikrimizcha, ham Ukraina, ham AQSH manfaatlariga javob beradigan boshqa xatti-harakatlarga, masalan, don bitimiga yordam berish bo‘yicha imkoniyatlarimiz cheklanib qoladi, deb o‘ylaymiz”, — dedi Karpenter.

Qora dengiz don tashabbusi kelishuvlari 22-iyul kuni Istanbulda Turkiya va BMT tomonidan Rossiya va Ukraina bilan alohida-alohida imzolangan edi. Ular don olib chiqib ketish uchun Ukraina portlarini ochishni hamda Rossiyaga qarshi G‘arb sanksiyalari kiritilgan bir paytda mamlakatdan oziq-ovqat va o‘g‘itlarning dunyo bozoriga yetkazilishiga yordam berishni ko‘zda tutardi.

Sentabr boshida AQSH prezidenti Jo Bayden “Rossiyani terrorizm homiysi bo‘lgan davlat sifatida tan olish kerakmi, yo‘qmi?” — degan savolga rad javobini bergan edi. Iyul oxirida AQSH senati davlat kotibi Entoni Blinkenga shunday da’vat bilan rezolyutsiya qabul qilgan edi.

Xitoyning Yadro arsenali kengayib bormoqda. Britaniya va Xitoy o‘rtasidagi “oltin davr tugashi” ma'lum qilindi.

AQSH Mudofaa vazirligi (Pentagon) 2035-yilga borib, Xitoyning yadro arsenali kengayishi ,jangovar kallaklari soni 1,5 mingtagacha yetishi mumkinligini ma’lum qildi. Xitoy xalq ozodlik armiyasi raketa qo‘shinlari 2021-yilda sinovlar va o‘quv mashqlari doirasida qariyb 135 ta ballistik raketa uchirgan.

“Bu nizo hududlarida qo‘llanilgan ballistik raketalardan tashqari, boshqa mamlakatlarning barcha raketalarini qo‘shib hisoblagandagidan ham ko‘proqdir”, — deyiladi ma’ruzada.Pekin, shuningdek, qit’alararo ballistik raketalar shaxtalari uchun uchta poligon qurilishini ham davom ettirgan, u yerga qit’alararo ballistik raketalar uchun kamida 300 ta yangi shaxta o‘rnatiladi.

Pentagon Xitoyni “AQSH milliy xavfsizligiga hamda erkin va ochiq xalqaro tizimga nisbatan eng jiddiy va tizimli chaqiriq” deb atamoqda.

Bundan avvalroq Buyuk Britaniya bosh vaziri Rishi Sunak Britaniya va Xitoy o‘rtasidagi ‘oltin davr’ tugaganini ma'lum qilgan. Bunga sabab sifatida Sunak Xitoyda inson huquqlari poymol etilayotganini eslatib, ayni paytda Britaniya hukumati Xitoyning dunyodagi ahamiyatini shunchaki e’tibordan chetda qoldira olmasligini qayd etgan.

O‘zbekistondagi tirbandlik sovet davrida qurilgan yo‘llar sabablimi?

O‘zbekistondagi aksariyat avtomobil yo‘llari bundan 40-50 yil ilgari qurilgan bo‘lib, ular hozirgi talabga javob bermayapti. Bu haqda senator Qutbiddin Burhonov “Daryo” muxbiriga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

Qutbiddin Burhonovning ta’kidlashicha, yuzaga kelayotgan tirbandliklarning asosiy sabablaridan biri yo‘llar eskirgani bilan bog‘liq.

“Tan olish kerak, tirbandlik muammosi nafaqat Toshkentda, balki viloyatlar markazlarida ham tobora avj olmoqda. Ko‘p yo‘llarimiz Sovet davrida loyihalashtirilgan. Ya’ni ular 40-50 yil avval qurilgan yo‘llardir. Avtomobillar esa kundan kunga rivojlanmoqda. O‘zbekistonda ilgari hech qanaqa avtomobil zavodi yo‘q edi.

Bugun bir nechta zavodlar yengil va yuk avtomobillarini ishlab chiqarmoqda. Bundan tashqari, yo‘llarda og‘ir texnikalar, traktorlar ham harakatlanadi. Shuning uchun yo‘llarimiz bugungi talab darajasiga javob bermaydi.

Hukumat tomonidan yo‘llarni kengaytirish, kelajakda 50 yilni hisobga olib yo‘l qurishga e’tibor berilmoqda. Shaharlarda esa imkon darajasida binolarga yaqin bo‘lmagan yo‘llar kengaytirilmoqda”.

Avvalroq Qutbiddin Burhonov respublikada o‘tgan 10 oyda yuz bergan YTHlar oqibatida 1 ming 931 nafar fuqaro halok bo‘lgani, shuning 226 nafarini yosh bolalar tashkil etganini aytgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Britaniya hukumati “Vagner”ni terrorchi tashkilot deb e’lon qilmoqchi — The Telegraph
Dunyo
AQSHda xavfli moddalarni olib ketayotgan yuk poyezdi relsdan chiqib ketdi (video)
Mahalliy
O‘zbekistonda kelayotgan hafta boshida qanday ob-havo bo‘ladi?