Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Buyuk Britaniya bosh vaziri Rishi Sunak Xitoy hukumati bilan munosabatlarda yangicha yondashuv kerakligi, chunki London va Pekin o‘rtasidagi “oltin davr” nihoyasiga yetganini aytdi. Bu haqda Sky News xabar berdi.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Sunak Xitoyda inson huquqlari poymol etilayotganini eslatib, ayni paytda Britaniya hukumati Xitoyning dunyodagi ahamiyatini shunchaki e’tibordan chetda qoldira olmasligini qayd etdi.

“Xitoy bilan munosabatimizni rivojlantirishimiz kerak. Ochig‘ini aytganda, savdo-sotiq ijtimoiy-siyosiy islohotlarga olib keladi, degan qarash kabi “oltin davr” ham tugadi. Ammo Sovuq urush davridagi oddiy ritorikaga ham tayanmasligimiz kerak. Xitoy bizning qadriyatimiz va manfaatlarimizga tizimli tahdid solayotganini tan olamiz. Bu jarayon kuchliroq avtoritarizmga intilish ortidan keskinlashib bormoqda”, — deydi Britaniya bosh vaziri.

14-noyabr kuni Rishi Sunak Rossiyaning jahon iqtisodiyotiga ta’sirini kamaytirish bo‘yicha 5 bandli reja taklif qilgandi. Uning fikricha, mamlakatlar Rossiya energiyasiga qaramlikni kamaytirishi va yanada ko‘proq oziq-ovqat ishlab chiqarishi kerak.

Shuningdek, Sunak 19-noyabr kuni ilk bor Kiyevga tashrif buyurgandi. U prezident Vladimir Zelenskiy bilan suhbati chog‘ida urushni tugatish uchun Ukraina havo mudofaasi kuchaytirilishini tasdiqlagan

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Oxirgi 100 yil ichida sodir bo‘lgan dunyodagi eng kuchli 10 ta zilzila (video+foto)
Dunyo
Polsha bosh vaziri Ukrainadagi urush uchinchi jahon urushiga aylanishini prognoz qildi
Mahalliy
O‘zbekistonda dollar kursi yana oshdi