Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

AQSH Mudofaa vazirligi (Pentagon) 2035-yilga kelib, Xitoyning yadro arsenali kengayib,jangovar kallaklari soni 1,5 mingtagacha yetishi mumkinligini ma’lum qildi.

Foto: “Mod.gov.cn”

Foto: “Mod.gov.cn”

Pentagon tomonidan har yili e’lon qilinadigan, Xitoy harbiy quvvati haqidagi ma’ruzada aytilishicha, bugungi kunda Pekinning arsenalida 400 dan ziyod jangovar kallaklar mavjud bo‘lib, yadro arsenalining kengayish sur’atlari shunga olib kelishi mumkinki, 2035-yilgacha Xitoy qo‘l ostida taxminan 1500 ta jangovar kallak bo‘ladi.

Xitoy xalq ozodlik armiyasi raketa qo‘shinlari 2021-yilda sinovlar va o‘quv mashqlari doirasida qariyb 135 ta ballistik raketa uchirgan.

“Bu nizo hududlarida qo‘llanilgan ballistik raketalardan tashqari, boshqa mamlakatlarning barcha raketalarini qo‘shib hisoblagandagidan ham ko‘proqdir”, — deyiladi ma’ruzada.

Pekin, shuningdek, qit’alararo ballistik raketalar shaxtalari uchun uchta poligon qurilishini ham davom ettirgan, u yerga qit’alararo ballistik raketalar uchun kamida 300 ta yangi shaxta o‘rnatiladi.

Pentagon Xitoyni “AQSH milliy xavfsizligiga hamda erkin va ochiq xalqaro tizimga nisbatan eng jiddiy va tizimli chaqiriq” deb atamoqda. Ayni vaqtda esa taxminan 3800 ta jangovar kallakdan iborat AQSH yadro arsenali Xitoynikidan ancha ustunroqdir.

Avvalroq AQSH Qurolli kuchlari Shtab boshliqlari birlashgan qo‘mitasi raisi Mark Milli hozir Xitoy AQSH uchun eng katta geosiyosiy da’vat hisoblanishini, ammo Vashington Pekinning harbiy sohada dunyo bo‘yicha birinchi o‘rinni egallashiga yo‘l qo‘ymasligini aytgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
General Pyotr Pavel Chexiyaning yangi prezidenti etib saylandi
Dunyo
Amerikadagi rus mafiyasi boshlig‘iga aylanib, Rossiyada o‘lim topgan “qonundagi o‘g‘ri” — “Yaponchik”. Kun xronologiyasida 29-yanvar
Mahalliy
“O‘tgan yil davomida ichki ishlar xodimlari bilan bog‘liq 644 ta salbiy video tarqalgan” — Shohrux G‘iyosov