Afg‘oniston qarshilik fronti yetakchisi Ahmad Mas’ud “Tolibon” hukumatini tan olish shartini aytdi. Bu haqda Sputnik xabar berdi.
Mas’ud Tojikistonning Dushanbe shahrida bo‘lib o‘tayotgan Hirot xavfsizlik muloqoti anjumanida qatnashmoqda. Mazkur konferensiyaga “Tolibon” rasmiylari ham taklif etilgandi. Ahmad Mas’ud anjumanda ichki, mintaqaviy va xalqaro konsensusni Afg‘onistonni qutqarish va mamlakatni inqirozdan olib chiqishning zaruriy sharti deb atadi.
“Odamlar qanday kuch va tizimni xohlashlarini o‘zlari tanlasin. Agar ‘Tolibon’ saylovlar natijasida hokimiyat tepasiga kelsa, men ularni qabul qilaman”, — dedi qarshilik fronti yetakchisi.
Ma’lumot o‘rnida, Dushanbedagi konferensiyada 20 ta davlatdan 120 ga yaqin odam ishtirok etmoqda. Tadbir qo‘shni Afg‘onistondan kelayotgan muammo va tahdidlarga bag‘ishlangan. Ahmad Mas’ud o‘zining chiqishida Tojikiston prezidenti Emomali Rahmonga qo‘llab-quvvatlayotgani, Afg‘onistondagi vaziyatni to‘g‘ri baholagani uchun ham minnatdorlik bildirgan.
Mavzuga doir: Ahmad Mas’ud Tojikistonga keldi. U Hirot xavfsizlik muloqoti yig‘ilishida qatnashmoqda (video)
Izoh (0)