Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

“Islomiy davlat” (ISHID) yetakchisi Abu al-Hasan al-Hoshimiy al-Qurayshiy yo‘q qilindi. Bu haqda terrorchilik guruhi ma’lumotiga tayanib, Reuters xabar berdi.

Foto: IBTimes Asia Pacific

Foto: IBTimes Asia Pacific

Terroristik tashkilot o‘zining yangi rahbari etib Abu al-Husayn al-Husayniy al-Qurayshiyni tanlaganini ma’lum qildi.

Marhum xalqaro terrorchi 45 yoshda edi. U 2022-yil 3 fevralda AQSH maxsus kuchlari tomonidan Suriyada yo‘q qilingan Abu Ibrohim al-Hoshimiy al-Qurayshiy o‘rniga ISHID rahbari etib tayinlangandi. Bayden mazkur operatsiyada AQSH harbiylari Atma shahri yaqinidagi uyni qamal qilib, vertolyotlarda yetib kelganini aytgan. Operatsiya davomida ISHID yetakchisi o‘z joniga qasd qilgandi.

ISHID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
Gol zavqi, Babayanning xursandchiligi va tribunadagi olqishlar. “Navbahor”ning “Olimpik”ka qarshi o‘yinidan fotogalereya
Dunyo
“Putin va Prigojinni o‘ldirishlari mumkin” — ekspert bashorati
Shou-biznes
Shahzoda Garri va Megan Markl qirollik saroyidagi hayoti haqida hikoya qiluvchi filmni taqdim etadi