Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Belgiya terma jamoasi futbolchilari Marokashga qarshi bahsdan so‘ng (0:2) o‘zaro ziddiyatga borgan.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

JCH—2022 guruh bosqichi 2-turidan so‘ng kiyim almashtirish xonasida Kevin de Bryuyne, Eden Azar va Yan Vertongenlar o‘rtasida mojaro kelib chiqqan.

L’Equipe nashrining xabariga ko‘ra, Azar himoyachilar sekin o‘ynaganidan shikoyat qilib, Vertongenga baqirgan.

Romelu Lukaku esa jamoadoshlarini tinchlantirish uchun vaziyatga aralashishga majbur bo‘lgan.

Belgiya terma jamoasida ichki muhit yaxshimasligi haqida avval ham xabar berilgan. Kevin de Bryuyne jamoadoshlari Tibo Kurtua, Eden Azar va Leandro Trossard bilan bir necha yildan buyon gaplashmaydi. Romelu Lukaku va Mishi Batshuayi o‘rtasida ham nizo mavjud.

Belgiya guruh bosqichining 3-turida Xorvatiyaga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv 1-dekabr kuni 20:00 da start oladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Qo‘shimcha talab etiladigan 37,5 ming tonna piyoz 1-aprelga qadar ichki bozorlarga kiritiladi
Mahalliy
“YouTube’dagi obunachilarimiz soni MDH mamlakatlari IIV kanallarinikidan ham ko‘p” — Shohrux G‘iyosov IIVning mediamakondagi faoliyati haqida gapirdi
Mahalliy
Toshkentda yo‘lovchi avtobus yonib ketdi