Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Futbol bo‘yicha JCH—2022 2-turida Belgiya va Marokash terma jamoalari 27-noyabr, yakshanba kuni o‘zaro to‘qnash keldi.

Kollaj: “Daryo” / Foto: Getty Images

Kollaj: “Daryo” / Foto: Getty Images

Uchrashuvning birinchi bo‘limi teng kurashlar ostida o‘tdi, biroq darvozalar daxlsiz qoldi.

73-daqiqada Abdulhamid Sabiri jarima zarbasini muvaffaqiyatli ijro etgan holda, marokashliklarni oldinga olib chiqdi. Hakam tomonidan qo‘shib berilgan daqiqalarda Zakariyo Abuhlol hisobni ishonchli ko‘rinishga keltirib qo‘ydi.

Shu tariqa Marokash ochkolarini 4 taga yetkazib olgan holda guruh peshqadamiga aylandi. Belgiyada uch ochko bor. Xorvatiya (1) va Kanada (0) terma jamoalari 27-noyabr kuni o‘zaro to‘qnash keladi.

JCH—2022

2-tur bahsi

27-noyabr, yakshanba

Belgiya — Marokash 0:2

Gollar: 0:1 – 73 Sabiri, 0:2 – 90+2 Abuhlol.

Belgiya: Kurtua, Mene (Lukaku, 81), Vertongen, Alderveyreld, Kastan, Vitsel, de Bryuyne, Torgan Azar (Trossard, 74), Onana (Tilemans, 60), Eden Azar (Mertens, 61), Batshuayi (de Ketelare, 75).

Marokash: Muhammadi, Hakimi (Attiyyat-alla, 68), Saiss, Agerd, Mazrovi, Amrabat, Amalla (Sabiri, 68), Unai (Al-Yamik, 78), Ziyosh, Bufal (Abuhlol, 73), An-Nesiri (Amdalla, 73).

Ogohlantirish: Onana (29).

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Andijonda 6 nafar fuqaroning o‘limiga sabab bo‘lgan YTH ortidan yo‘l qurilish tashkiloti rahbariga jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ish sudga yuborildi 
Mahalliy
Navoiyda 80 gektar yerni 1 mlrd so‘mga sotishga uringan shaxslar qo‘lga olindi
Iqtisodiyot
Asosiy stavkaning pasaytirilishi O‘zbekiston iqtisodiyotiga qanday ta’sir qiladi?