Daryo

Anyellidan Nedvedgacha. “Yuventus” rahbariyatining barcha a’zolari iste’fo berdi

Turin klubida navbatdan tashqari yig‘ilish bo‘lib o‘tgan

1 daqiqa o‘qish21 816 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Twitter

“Yuventus” rahbariyatining barcha a’zolari iste’fo berdi.

Foto: Twitter

La Gazzetta dello Sport nashrining xabar qilishicha, klubning navbatdan tashqari yig‘ilishida prezident Andrea Anyelli, vitse-prezident Pavel Nedved, bosh direktor Mauritsio Arrivabene va yana 7 nafar yuqori lavozimdagi shaxs iste’fo bergan.

Mazkur holat hisobotlardagi qoidabuzarliklar va budjetni taqsimlashdagi muammolar bois prokuratura tomonidan ochilgan ish tufayli sodir bo‘lgan.

Anyelli “Yuventus”ni 2010-yilning may oyidan beri boshqarib keladi. Uning qo‘l ostida klub ketma-ket 9 marta Italiya chempionligini qo‘lga kiritdi, ikki bor Chempionlar Ligasi finaliga yetib bordi, besh martadan Italiya Kubogi va Superkubogida g‘alaba qozondi.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar