Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Somali poytaxti Mogadishoda jangarilar hukumat amaldorlari joylashgan mehmonxonaga hujum qildi, deb xabar bermoqda Deutsche Welle.

Foto: UN

Foto: UN
Hujum oqibatida kamida o‘n kishi, jumladan Somali ichki xavfsizlik vaziri Ahmad Mohamed Dudishe halok bo‘lgan. Hujumga uchragan Villa Rose mehmonxonasi prezident saroyi yaqinida joylashgan. Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, hujumdan oldin kuchli portlash sodir bo‘lgan, keyin esa otishma yuz bergan.

Hujum uchun javobgarlikni mamlakatning katta qismini nazorat qilayotgan “Ash-Shabab” o‘z zimmasiga oldi. Guruh “Al-Qoida” bilan aloqador.

May oyida saylangan prezident Hasan Shayx Mahmud jangarilar guruhiga qarshi “to‘liq urush” e’lon qilgandi, shundan so‘ng “Ash-Shabab” hujumlari kuchaydi.

26-noyabrga o‘tar kechasi Somali hukumati kuchlari mamlakatning markaziy qismida keng ko‘lamli operatsiya o‘tkazdi, natijada “Ash-Shabab”ning 100 nafar a’zosi yo‘q qilindi.

Avgust oyida jangarilar Somali poytaxtidagi Hayat mehmonxonasiga bostirib kirgandi, oqibatda kamida 30 kishi halok bo‘lgan, o‘nlab odamlar yaralangan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Qo‘shimcha talab etiladigan 37,5 ming tonna piyoz 1-aprelga qadar ichki bozorlarga kiritiladi
Mahalliy
“YouTube’dagi obunachilarimiz soni MDH mamlakatlari IIV kanallarinikidan ham ko‘p” — Shohrux G‘iyosov IIVning mediamakondagi faoliyati haqida gapirdi
Mahalliy
Toshkentda yo‘lovchi avtobus yonib ketdi