Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Sirdaryo viloyati Xovos tumanida sug‘oriladigan yer maydonini o‘zboshimchalik bilan egallab olgan fermer xo‘jaligi aniqlandi, deb xabar beradi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.

Foto: Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti

Foto: Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti

Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Sirdaryo viloyat boshqarmasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan. Unda “Z.A.” fermer xo‘jaligi rahbari N.M. xo‘jalikka baliqchilik ko‘li qurish uchun Xovos tumani hududidan ajratilgan yer maydoniga ortiqcha 5,5 gektar yer maydonini egallab olgani aniqlangan. Shundan 3,01 gektari sug‘oriladigan yer maydonida o‘zboshimchalik bilan baliqchilik ko‘li tashkil qilgan. Oqibatda davlat va jamiyat manfaatlariga 1,3 milliard so‘m zarar yetkazgan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 192-11-moddasi (nodavlat tijorat tashkilotida yoki boshqa nodavlat tashkilotida mansabdor shaxslar tomonidan o‘z vakolatlarini suiiste’mol qilish) va 229-moddasi (o‘zboshimchalik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
Entoni Joshuaning navbatdagi raqibi va jangi sanasi ma’lum bo‘ldi
Iqtisodiyot
Uzbekistan Airways Nyu-Yorkka parvozlar uchun 20 foizlik chegirma e’lon qildi
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda 2023-yilda inflyatsiya 8,5—9,5 foiz atrofida bo‘lishi kutilmoqda