Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Ichki ishlar vazirligi 2022-yilning yanvar—oktabr oylarida fuqarolar hamda chet ellik shaxslar tomonidan sodir etilgan uchuvchisiz uchish apparatlarini olib kirish bilan bog‘liq qonunbuzarliklar haqida xabar berdi.

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Qayd etilishicha, 10 oyda Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni ta’minlash departamenti tomonidan O‘zbekiston hududiga dronlarni noqonuniy olib kirgani uchun 22 kishi, jumladan, 21 nafar chet ellik shaxs jinoiy javobgarlikka tortilgan.

Aniqlangan holatlar yuzasidan jinoyatlarning sabablari va ularning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlar o‘rganilgan. Bunda boshqa omillar bilan bir qatorda, aksariyat hollarda mamlakatga kelayotgan chet el fuqarolari UUAlarini olib kirish bo‘yicha o‘rnatilgan tartib-qoidalarni bilmasdan, bojxona chegarasi o‘tkazish punktlaridan “yashil” yo‘lak orqali o‘tib, bu kabi qurilmalarni to‘siqlarsiz olib kirgani ma’lum bo‘lgan.

 

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
General Pyotr Pavel Chexiyaning yangi prezidenti etib saylandi
Dunyo
Amerikadagi rus mafiyasi boshlig‘iga aylanib, Rossiyada o‘lim topgan “qonundagi o‘g‘ri” — “Yaponchik”. Kun xronologiyasida 29-yanvar
Mahalliy
“O‘tgan yil davomida ichki ishlar xodimlari bilan bog‘liq 644 ta salbiy video tarqalgan” — Shohrux G‘iyosov