Toshkent shahri Yashnobod tumanidagi madaniyat saroyi yonayotgani aytilgan xabarlar tarqaldi. Poytaxt favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tarqalgan video bo‘yicha ma’lumot berdi.
Aniqlanishicha, 26-noyabr kuni soat 21:22 da Yashnobod tumani Qorasuv ko‘chasida joylashgan madaniyat saroyi 3-qavatining balkon qismida ishchi xodimlar shashlik pishirish maqsadida o‘tin va ko‘mir yoqqan.
Tuman FVB tomonidan ushbu vaziyat zudlik bilan bartaraf etilgan. Ayni vaqtda holat bo‘yicha qo‘shimcha o‘rganishlar olib borilmoqda.