Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanida 26-noyabr kuni 3,8 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring respublika markazi xabar qildi.
O‘zbekiston hududida mahalliy vaqt bilan 21:52 da (26.11.2022-yil, Grinvich bo‘yicha 16:52 da) zilzila sodir bo‘lgan. Episentr — Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumani. Zilzila koordinatalari: 40,24 gradus shimoliy kenglik; 66,31 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=3,8. Chuqurlik 15 km. Zilzila episentri Toshkentdan 270 km janubi-g‘arbda.
Ma’lumot uchun, oxirgi marta O‘zbekistonda 17-noyabr kuni Qashqadaryoning 10 ta hududida zilzila qayd etilgandi.
Izoh (0)