Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Twitter rahbari Ilon Mask agar ijtimoiy tarmoq ilovasi App Store va Google Play do‘konlaridan o‘chirib tashlansa, o‘zining smartfonini yaratishini aytdi.

Foto: Forbes

Foto: Forbes

Shu tariqa, u siyosiy sharhlovchi Liz Uilerning izohiga javob qildi. U agar Twitter do‘konlardan g‘oyib bo‘lsa, biznesmen o‘zining smartfonini ishlab chiqishi mumkinligini, u holda ko‘pchilik odamlar “noxolis, josus iPhone va Android’dan” mamnuniyat bilan voz kechishini taxmin qilgandi.

“Ungacha borib yetmaydi, deb umid qilaman. Lekin menda boshqa yo‘l qolmasa, muqobil telefon yarataman”, — deb yozdi Mask Twitter’da.

Ilon Mask — PayPal to‘lov tizimi, SpaceX kosmik texnikasi ishlab chiqaruvchisi, Tesla elektromobil kompaniyasi va The Boring Company infratuzilma kompaniyasi asoschisi.

Ilon Mask oktabr oxirida Twitter’ni 44 milliard dollarga sotib olish bo‘yicha bitimni yopdi. Yozda u oldi-sotdi bitimidan bosh tortishga uringan edi, biroq sud uni ijtimoiy tarmoqni sotib olishga majbur qildi. Shunday voqealar fonida Maksning boyligi apreldan buyon 70 milliard dollarga pasayib ketdi.

Ijtimoiy tarmoqni sotib olganidan keyin Mask kompaniya xodimlarining yarmini, shu jumladan, bosh direktor Parag Agravalni, moliya direktori Ned Segalni, bosh huquqshunos Vijayu Gaddeni va boshqa bir qator top-menejerlarni ishdan bo‘shatdi.

Bloomberg ma’lumotlariga ko‘ra, Maskning yangi jamoasidagi ikki rahbar xodim — Yoel Rot va Robin Uiler iste’fo bergan. Avvalroq esa Twitter’ning axborot xavfsizligi bo‘limi boshlig‘i Lea Kissner ham ishdan bo‘shab ketgandi.

Ilon Maskning o‘zi esa xodimlariga yuborgan birinchi murojaatida kompaniya bankrot bo‘lishi mumkinligini bildirgan.

Izoh

Ozodbek Berdiyev

26.11.2022, 16:33

lekin juda iflos ici qora odam

Ozodbek Berdiyev

26.11.2022, 16:32

u iyon mask juda

Asosiy yangiliklar
Mahalliy
AOKA “Human.uz” jurnalistlari bilan bog‘liq holat yuzasidan munosabat bildirdi 
Mahalliy
O‘zbekistonda chiqindi gazidan elektr ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi 
Dunyo
Putin yo‘qotishlarga qaramay, bahorda Ukrainaga qarshi yangi hujumni rejalashtirmoqda — Bloomberg