Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

“So‘nggi avlod” (Letzte Generation) ekologik harakati faollari 24-noyabr kurni Berlindagi Villi Brandt aeroporti hududiga panjaralarni qirqib kirdi. Aeroport matbuot xizmatining xabar berishicha, ikkita uchish-qo‘nish yo‘lagi to‘sib qo‘yilgan.

Ulardan ba’zilari asfaltga o‘zlarini yelimlab o‘tirgan, boshqalari velosipedda yo‘lak bo‘ylab harakatlangan. Shuningdek, ular qo‘lida “Hukumat buni uddalay olmasa-chi” yozuvli bannerni ko‘tarib olgan. Faollarning bunday xatti-harakatlari oqibatida samolyotlar parvozi bir muddat to‘xtatib qo‘yilgan.

Aeroport matbuot xizmati xabariga ko‘ra, ekofaollar aeroport hududidan olib chiqilgan va parvozlar tiklangan. Shunday bo‘lsa-da, ba’zi reyslar kechikishi mumkinligi aytilmoqda.

15-noyabr kuni “So‘nggi avlod” ekofaollari Gustav Klimtning Venadagi Leopold muzeyida namoyish etilgan “O‘lim va hayot” kartinasiga qora bo‘yoq chaplagan edi. 4-noyabr kuni ular Rim shahridagi Bonaparte saroyida mashhur niderlandiyalik rassom Vinsent van Gogning “Ekuvchi” kartinasi ustiga sho‘rva sepishgan.

“So‘nggi avlod” faollari bu aksiyalar orqali hukumatlarni iqlim o‘zgarishlariga e’tibor qaratishga va tabiatni asrab qolish uchun zarur choralarni ko‘rishga chaqirmoqda.

Mavzuga doir: Ekologik faollar Kolizeydagi transport harakatini to‘sib qo‘ydi

Izoh
Asosiy yangiliklar
Madaniyat
“Xudodan qo‘rqmagan odamdan qo‘rqdim”. O‘zbekiston xalq artisti Bobomurod Hamdamov oilaviy nizolar tufayli ijara uyda yashamoqda (video)
Mahalliy
“Odamlar o‘limida o‘zimni aybdor hisoblamayman” — Nukusdagi tartibsizliklar yetakchisi Dauletmurat Tajimuratov
Mahalliy
Samarqandda o‘quvchining onasi “zamdirektor”ni kaltakladi