Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Samarqand viloyati Urgut tumanidagi tungi klub oldida bir necha fuqarolar mushtlashayotgani aks etgan videolar tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat ichki ishlar boshqarmasi munosabat bildirdi.

Kadr: Telegram

Kadr: Telegram

Aniqlanishicha, 24-sentabr kuni Urgut tumani “Baxrin” MFYda joylashgan tungi klub oldida bir guruh shaxslar o‘rtasida kelishmovchilik yuzaga kelib, janjalga aylangan. Holat yuzasidan tuman IIB navbatchilik qismiga kelib tushgan xabarga asosan IIB xodimlari hodisa joyiga yetib borib, janjalning oldi olinib, tegishli tartibda rasmiylashtirilgan.

Shundan so‘ng tungi klub oldida janjal qilganlarga nisbatan Urgut tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi (bezorilik) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borishga kirishilgan.

Shuningdek, tuman hududida tungi vaqtlarda jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan tungi reyd tadbirlari o‘tkazilishi bo‘yicha rejalar ishlab chiqilgan.

Mavzuga doir:

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Yevropa gaz iste’molini kamaytirmoqda
Mahalliy
Toshkentda yong‘in oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi (video)
Dunyo
Ukraina 2 ta aerodromga dronlar bilan zarba berishga urindi — Rossiya Mudofaa vazirligi