Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Har doim oshxonada bo‘ladigan mahsulotlardan oddiy, biroq ishtahani ochuvchi ko‘rinishga ega salatni atigi 10 daqiqada tayyorlash mumkin. Lifehacker nashri dudlangan tovuq go‘shti, pomidor va qotgan non qo‘shib tayyorlanadigan mazali salat retseptini taqdim etdi.

Foto: Lifehacker

Foto: Lifehacker

Kerakli masalliqlar:

  • dudlangan tovuq go‘shti — 350 gr
  • pishloq — 150 g
  • pomidor — 3-4 dona
  • bodring — 2 ta
  • tuz — ta’bga ko‘ra
  • maydalangan murch — ta’bga ko‘ra
  • mayonez — ta’bga ko‘ra
  • qotgan non — ta’bga ko‘ra
Tayyorlanishi:
  1. Dudlangan tovuq go‘shti, pishloq, pomidor va bodringni o‘rtacha kattalikdagi to‘rtburchak bo‘laklarga bo‘lib oling.
  2. Mahsulotlarni idishga solib tuz, murch va mayonez qo‘shib aralashtiring.
  3. Salatni dasturxonga tortishdan oldin qotgan nonni qo‘shib yana aralashtirib oling.
Yoqimli ishtaha!

Mavzuga doir:

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
Iskandarov — eng yaxshi futbolchi, Kapadze — eng yaxshi murabbiy. O‘zbek futbolida 2022-yilning eng yaxshilari aniqlangan marosimdan fotoreportaj
Madaniyat
Farzandidan ayrilgan, 3 soat uxlagan, hojatxonada farroshlik qilgan: muvaffaqiyatga erishish yo‘lida turli qiyinchiliklardan o‘tgan yulduzlar (foto)
Mahalliy
“Sirdaryoda bir so‘m ham o‘g‘irlanmaydigan, korrupsiyasiz tizim yaratilishi kerak” — Sardor Umurzoqov