• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12768.26
    • RUB162.63
    • EUR14400.04
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Madaniyat

    Xonzoda Do‘stova Shohruh Xonga muxlisligi ortidan ingliz tilini o‘rganib IELTS’dan 7,5 ball olgani hamda vaynlar uni xalqqa tanitgani haqida

    Xonzoda Do‘stova professional aktrisa bo‘lsa-da, ko‘pchilik uni vayner sifatida yaxshi taniydi. Ya’ni unga kino va seriallardagi rollari emas, balki ijtimoiy tarmoqlar uchun suratga olgan hazil videolari ko‘proq mashhurlik keltirgan. “Daryo” muxbiri Nargizaxon Murodova yosh aktrisa bilan suhbatda bo‘lib, uning ijodga kirib kelishi, oilasidagi qarshiliklar va nega rejissorlardan ko‘ngli sovugani haqida so‘zlab berdi.

    “Mushtumzo‘r bo‘lganim uchun hamma tanirdi”

    Foto: Xonzoda Do‘stova shaxsiy arxividan

    Foto: Xonzoda Do‘stova shaxsiy arxividan

    — Bolalikda juda sho‘x, yerga ursa ko‘kka sapchiydigan qiz bo‘lganman. U paytlarda ko‘p qavatli uyda turardik, yozgi ta’til kunlari tushlik paytida birorta bolaning ko‘chaga chiqib, o‘ynashiga yo‘l qo‘ymasdim. Mahalla bolalari o‘rtasidagi muammolar, albatta, mening ishtirokimda hal bo‘lardi. Oilada ikki farzandmiz, akam biroz erka edi. Ota-onam biror marta akamning ortidan ortiqcha gap eshitishmagan. Ammo bolalarni urgan, tartibga chaqirgan hamisha men bo‘lardim. Xonzoda desa hamma tanirdi. San’atkor bo‘lishimga hech kim shubha qilmasdi. Otam har doim to‘y-xizmatlari va ijodiy safarlar bilan band edi. Turgan gapki, hamma oilada bo‘lganidek, tarbiyamiz bilan onam ko‘proq shug‘ullanardi. Onam ham san’atkorlar oilasida tarbiya ko‘rgan va bolalikdan san’atkor bo‘lishni orzu qilgan. Otam bilan bir oliygohda o‘qiyotganida, oila qurishgan. Ammo rashk sabab dadam onamning ijod qilishini istamagan. Onam ko‘ngliga ko‘mib qo‘ygan ijod mehrini bizga bag‘ishlardi. Boshqa onalar farzandi bilan o‘yin o‘ynasa, bizning uyda yangi qo‘shiq o‘rganilardi. Xullas, mana shunday muhit sabab akam va men san’atga mehr qo‘yganmiz. Ammo menda aktrisalikka moyillik ko‘proq edi.

    “Koran Johar va Shohruhhon bilan ishlash uchun ingliz tilini o‘rgandim”

    Foto: Xonzoda Do‘stova shaxsiy arxividan

    Foto: Xonzoda Do‘stova shaxsiy arxividan

    — Bolalikdan hind kinosining shaydosi bo‘lganman. U paytlari ijaraga videokassetalar berilardi. Topgan pulimga yangi videokassetani olib, undagi qo‘shiqdan tortib raqslargacha o‘rganib olardim. Koran Johar va Shohruh Xon ijodiga mehrim baland edi, “Albatta, hind kinosida suratga tushaman”, derdim. Shunda kimdir ular bilan gaplashish uchun ingliz tilini o‘rganishim kerakligini aytdi. Ana shu kundan boshlab ingliz tilini o‘rganishni boshladim. Ishonasizmi, san’atga bo‘lgan mehrim sabab, 4 yilda ingliz tilini o‘rganib, IELTS’dan 7,5 ball oldim. Undan keyin repetitorlik qilishni boshladim. Men o‘qitgan o‘quvchilarning ko‘pi o‘zimdan ham o‘zib ketishgan. Bir nechtasi INHA universitetiga o‘qishga kirishdi, IELTS’dan yuqori ball olishdi.

    “Rektorimiz  kuyov topishga va’da bergan”

    Foto: Xonzoda Do‘stova shaxsiy arxividan

    Foto: Xonzoda Do‘stova shaxsiy arxividan

    — Dadam san’atkor bo‘lsa-da, bu sohani egallashimga jiddiy qarshilik qilgan. “Qizbolaga mos kasbni tanla” degan gapni ko‘p marta eshitganman. Shu bois O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat oliygohiga kirganimni ham yashirganman. O‘qishga topshirganimni eshitganida, uyimizda qiyomat janjal bo‘lgan. Hatto, institutga kelib, hujjatlarimni qaytarib olib ham ketmoqchi bo‘lgan. Institutning o‘sha paytdagi rektori Baxtiyor Sayfullayev qabuliga chaqirib: “Qizingda iste’dod bor, nega hujjatlarini olasan?” deganida dadam “Erta bir kun qizimni uzatishim kerak, san’atkor bo‘lsa...”, deganda rektorimiz “Xavotir olma, shartnoma asosida o‘qishga qabul qilinsa pulini o‘zim to‘layman, institutni bitirganidan keyin yaxshi kuyovni ham o‘zim topaman”, deb rozilik olgandi.

    “O‘g‘rilik qilayotganim yo‘q-ku, bir marta imkon bering”

    Foto: Xonzoda Do‘stova shaxsiy arxividan

    Foto: Xonzoda Do‘stova shaxsiy arxividan

    — Institutning ikkinchi kursida o‘qiyotganimda “Aktyor shou”ga taklif etishgan. To‘g‘risi, bu men uchun juda og‘ir sinov bo‘lgan. Ijodiy tomondan qiynalmaganman, ammo otam shouda ishtirok etishimga jiddiy qarshi bo‘lgan. Shunda oldilariga kelib: “Dada yuzingizni yerga qaratmayman, o‘g‘rilik qilayotganim yo‘q-ku, bir marta imkon bering”, deganman. Shundan keyin indamagan. Ammo ko‘rsatuv tugaguniga qadar 3 oy davomida men bilan umuman gaplashmagan. Sahna ko‘rinishim uchun rekvizit va kiyimlarni olishim uchun pul kerak bo‘lardi, ammo uydagilardan pul so‘rolmasdim. Syomka jarayonlari ba’zan kechgacha davom etardi yoki tayyorgarlik jarayonlari cho‘zilib ketardi. Bu otamga yoqmasdi. Asliddin Do‘stovning qizi ekanimni bilgach, ba’zi insonlar “San’atkorning bolasida, otasi ha’kamlarni gaplashib bergan”, deb noto‘g‘ri gumonga borishdi. Ko‘rsatuvda ishtirok etishimni istamagan inson, menga yordam berishi mumkinmi?

    “Sherali Jo‘rayevni mazax qilganim yo‘q”

    Foto: Xonzoda Do‘stova shaxsiy arxividan

    Foto: Xonzoda Do‘stova shaxsiy arxividan

    — Ko‘rsatuv bilan qiziqarli voqealar juda ko‘p bo‘lgan. Shu bilan birga ko‘ngilxiraliklar ham talaygina. Masalan, tanish-bilishchilikka ko‘p marta yo‘l qo‘yilgan. Rejissor yoqtirgan qizini, Shahzoda Muhammedova stilistlik ham qiladigan aktyorni, boshqa ustozlar esa kursidagi o‘quvchilarni qo‘llab-quvvatlardi. Ularning ichida bitta men begona edim. Qanday obrazda chiqishimizni kompyuter tanlab berardi. Bir marta menga Sherali Jo‘rayev obrazini ko‘rsatib berish sharti tushgan. Qiz bola bo‘lsam-da, erkak kishini porodiya qilganman va qo‘shiqni ham jonli ijroda kuylaganman. Tomoshabinlar chiqishimni olqishlar bilan qarshi olishgan. Uyga kelsam otamning jahllari chiqib o‘tirgan ekan. Sababini so‘rasam ustoz san’atkorning ma’muri unga qo‘ng‘iroq qilib: “Qizingiz nega parodiya qildi?” deb gapiribdi. Otamning bu chiqishimdan xabari bo‘lmagan. Uning hijolat bo‘layotganini ko‘rib, rosa jahlim chiqqandi. Parodiya ham bir san’at, men atayin bu obrazni olib chiqmadi-ku, deganman. Eng yomoni takroriy ko‘rsatuvda chiqishimni o‘chirtirib tashlashgan, YouTube’ga joylangan variantini ham o‘chirtirishgan. Ammo baribir bu chiqishim boshqa tarmoqlarda tarqalib ketgan. Ustoz san’atkorni hurmat qilaman, ammo bunday e’tirozni kutmagandim. Men mazax qilib chiqqanim yo‘q, berilgan shartni bajardim xolos.

    “Rejissor ‘sudlashamiz’ deb tahdid qildi”

    Foto: Xonzoda Do‘stova shaxsiy arxividan

    Foto: Xonzoda Do‘stova shaxsiy arxividan

    — Shu kungacha ko‘plab serial va davlat filmlarida suratga tushmadim. Ammo tan olib aytamanki, xalqqa undagi rollarim emas, 5-6 oy davomida suratga olgan vaynlarim tanitdi. Yaqinda bir davlat filmning premyerasi bo‘lib o‘tdi. Unda epizod bo‘lsa-da rol ijro etgandim. Film rejissori ayol kishi edi. Premyerada qizil yo‘lakdan o‘taman, desam ism-familiyamni ham aytishmadi. Rejissor bilan ko‘rishgani borsam, “Pardozim buziladi” deb qo‘l uchida muomala qildi. Ko‘pchilikning orasida aytgan gapi alam qilib, premyerani ham kutmay ketdim. Uyga kelguncha yig‘lab keldim. Nahotki, 4 yil institutda o‘qigan bo‘lsam, zarracha qadrim bo‘lmasa dedim. Dilshod Ahmedovning “Jumboq” serialida ham suratga tushganman. Birinchidan rejissor bir tiyin pul bermagan, eng alam qilgani boshqa serialga taklif etishsa “Unda suratga tushmaysiz, bo‘lmasa sudlashamiz” deb tahdid qildi. Qanaqasiga, tekinga ishlatayotgan aktrisa uchun ijodiy chegara qo‘yishsa nima haqqi bor. Roling ham boshingda qolsin, deb serialdan ham chiqib ketdim. Hozir ham rollarga taklif etishadi. Ammo mendan ranjishmasin-u, rejissorlar ulama kiprik qo‘yilgan, labi shishirilgan aktrisalar bilan ishlashga o‘rganib qolishayapti. Ularga pul berishmaydi, qaytangga ulardan qurtdek sanab olishadi. Ertalabdan-kechgacha joningni berib rol ijro etasan va berishsa 50 AQSH dollari yoki undan ham kamroq haq berishadi. Men issiq uyimda o‘tirib bitta reklamaga shuncha pul olayapman. Yaxshi rol bo‘lsa tekinga suratga tushishga ham tayyorman, ammo pichoqqa ilinidagani yo‘q-da.

    “Ustoz san’atkorlar ham vayn olishni o‘rganishyapti”

    Foto: Xonzoda Do‘stova shaxsiy arxividan

    Foto: Xonzoda Do‘stova shaxsiy arxividan

    — 3-4 yil oldin vaynerlarga past nazar bilan qarashardi. Ammo hozir professional ustoz aktrisalar ham vaynerlikning yo‘l-yo‘riqlarini o‘rganishyapti. Bir nechtasi yonimga kelib “Qurilish tashkilotidan uy olibsiz. Bizga ham berisharmikan? Vayn olishni o‘rgating” deyishdi. Chunki asl san’atda qadr topish juda qiyin bo‘lib qolgan. Yoki rejissorning taklifiga ko‘nib yonida yelpatak bo‘lib yurishingiz yoki zo‘ringiz bo‘lmasa bo‘lmaydi. “O‘zbekkino”da ikki kunlab kasting topshirish uchun rejissorlarni kutganman. Hozir o‘sha kunlarni eslasam o‘zimga rahmim kelib ketadi.Boshqa vaynerlardan farqli ravishda barcha rollarni o‘zim ijro etaman va grimdan foydalanaman. Oz bo‘lsa-da, professionallik bor. Qaynona-kelin mavzusida o‘ralashib qolishni istamagandim, ammo xalqqa shu chiqishlarim ko‘proq yoqyapti.

    “Vaynerlikda daromad ancha yaxshi…”

    Foto: Xonzoda Do‘stova shaxsiy arxividan

    Foto: Xonzoda Do‘stova shaxsiy arxividan

    — Vaynlarimni 14 yoshli jiyanim suratga oladi. Menimcha, u 1-2 yildan keyin kliplar olishni ham boshlasa kerak. Montajini o‘zim qilaman. Ko‘pchilik o‘ylagandek vayn olish oson emas. Ba’zan, kun bo‘yi olingan kadr va obrazlardan ham ko‘nglim to‘lmaydi. Vaynerlikda yaxshi daromad topsa bo‘ladi, ammo bu darajaga yetishning ham mashaqqati bor. Aktrisa bo‘lib yurgan paytimda pitssa yegim kelgan, ammo o‘sha paytda qo‘limda pulim yo‘q edi. Instagram orqali bir pitssa profiliga “Reklamaga ishlay olasizlarmi?” deb yozgandim. Xabarni o‘qishdi, ammo javob yozishmadi. O‘shanda rosa xafa bo‘lgandim, bitta pitssaga chiroyli reklama qilib berardim deb ko‘nglimdan o‘tkazgandim. Oradan ko‘p o‘tmay boshqa pitssa brendi o‘zi aloqaga chiqib, “Istalgan payt mahsulotni sizga yuboramiz, ta’tib ko‘ring” deb yozishdi. Ishonasizmi, vaynlarim omadli chiqqanidan keyin o‘sha pitssa egasi bilan aloqaga chiqib, bepulga reklama qilib berishimni aytdim. Shu kungacha o‘sha brendga sodiq qolib, boshqa birorta pitssani reklama qilganim yo‘q.

    “Aktyor rejissorning quli emas”

    Foto: Xonzoda Do‘stova shaxsiy arxividan

    Foto: Xonzoda Do‘stova shaxsiy arxividan

    — “Professional aktrisasiz, qachongacha vaynerlik qilasiz?” degan gapni ko‘p eshitaman. Men ham teatrda ishlashni istayman. Qisqa vaqt bo‘lsa-da, “Diydor” teatr studiyasida ishladim. Balki fe’limdagi kamchilikdir, balki yutuqdir. Ammo men adolatsizlikka va boshqalarga “paxta” qo‘yib yashashni istamayman. Aslida aktyor rejissorning quli emas, afsuski, bizda buning aksi deb bilashadi. Mana shu holatni “Diydor”da ham uchratganim uchun u yerda ishlashni istamadim. Kelajakda yaxshi rollar berishlariga va “O‘zbekkino”sida ham xalqaro film darajasiga chiqadigan kinolar yaratilishiga ishonaman. Buning uchun faqatgina tanish-bilishchilikni yo‘qotish va noxolis baho berishdan voz kechish kerak holos.

    Mavzuga doir:

    15 soniya uchun 500 dollar. O‘zbekistonlik taniqli vaynerlarning Instagram’dagi reklama narxi qancha?

    “Otasiz, uysiz yashash oson emas”. Millati tojik, Qozog‘iston fuqarosi bo‘lgan o‘zbekistonlik bloger Azoda bilan suhbat (foto)

    “Bitta klipga 1500 dollar evaziga suratga tushaman”. Telegram nimaligini bilmagan Xoliqjon vaynes qanday qilib internet yulduziga aylangani haqida (video)

    “Bo‘yim haqidagi hazillarga e’tibor bermayman”. O‘zbekistondagi eng mitti vayner — Erali oyiga 20 ming dollar topishi hamda qo‘lida 70 kishi ishlashi haqida (video)

     

    21.11.2022, 14:59   Izoh (0)   46229
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Gollivud aktyori Kris Xemsvort Alsgeymer kasalligiga moyilligi tufayli karyerasida tanaffus qiladi

    21.11.2022, 12:57

    Yangi yil yaqinlashmoqda: “Uyda yolg‘iz” filmidagi Kevinning onasi 32 yil ichida qanchalik o‘zgargan?

    21.11.2022, 11:35

    Instagram: Dostonbek Ergashevga to‘n kiydirgan Dili.me, tug‘ilgan kunini nishonlagan va sayohatdagi mashhurlar

    20.11.2022, 22:53

    Mashhurlikda filmning bosh qahramonidan ham o‘tib ketgan ikkinchi darajali obrazlar (foto)

    20.11.2022, 13:50

    Sahna ortidagi sirlar: suratga olish maydonchasidagi kutilmagan voqealarni aks ettirgan kadrlar (foto)

    19.11.2022, 19:37

    Suratga olish maydonchasida vafot etishiga bir baxya qolgan aktyor va aktrisalar (foto)

    19.11.2022, 15:38
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    LUKOIL: yosh iste’dodlar ovozi katta sahnada yangradi


    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi 


    Octobank bankomatlarni BS/2 bilan birga “aqlliroq” qiladi


    Abadiy ishonchlilik va xavfsizlik: GWM sohaning yangi standartlarini joriy etmoqda


    “Biznesni rivojlantirish banki” biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan


    Xon Saroy tomonidan an’anaviy “Mening orzuyimdagi uy” rasmlar tanlovi boshlandi 


    Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to'liq saqlanib qolinadi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul! 


    Sistit — bu uyat emas!


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi


    2025-yilning 5 oyi davomida Mobiuz minglab tayanch stansiyalarini ishga tushirdi va texnik infratuzilmani zamonaviylashtirdi


    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi


    ANORBANK va BS/2 O‘zbekistonda banklarda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini kengaytirmoqda


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi

     

    Tavsiya etamiz

    Hitlerdan so‘ng eng mashhur natsist – dorga osilgan Ribbentropning ayanchli taqdiri

    31 may, 19:25

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Misrdan O‘zbekistonga C gepatitiga qarshi dorilarning 2025-yildagi birinchi partiyasi yuborildi

    O‘zbekiston | 1 iyun, 14:01

    LUKOIL: yosh iste’dodlar ovozi katta sahnada yangradi

    Reklama | 1 iyun, 13:30

    Migratsiya agentligi fuqarolarni xorijdan qaytarishdagi firibgarlikdan ogohlantirdi

    O‘zbekiston | 1 iyun, 13:40

    “PSJ” finaldagi g‘alabasi evaziga qancha pul ishlab olgani ma’lum bo‘ldi

    Sport | 1 iyun, 13:07

    Mask giyohvand moddalar iste’mol qilayotgani haqidagi xabarlarni rad etdi

    Dunyo | 1 iyun, 11:30

    2024/25-yilgi Yevropa Chempionlar Ligasi: eng yaxshi to‘purar va assistentlar aniqlandi

    Sport | 1 iyun, 11:02

    Xon Saroy tomonidan an’anaviy “Mening orzuyimdagi uy” rasmlar tanlovi boshlandi

    Reklama | 1 iyun, 12:00

    Rossiyada yo‘lovchi poyezd ustiga ko‘prik quladi. Qurbonlar bor

    Dunyo | 1 iyun, 10:40

    Tojikistondan 16 kilo giyohvandlik vositasi olib kelgan shaxsga sud hukmi o‘qildi

    O‘zbekiston | 1 iyun, 09:45

    10 sutka qamoq va jarima. Toshkentdagi futbolda janjal uyushtirganlar jazolandi

    O‘zbekiston | 1 iyun, 08:57
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.