Ukraina Iqtisodiyot vaziri o‘rinbosari Taras Kachkaning aytishicha, tashqaridan moliyaviy yordam bo‘lmasa, mamlakat Rossiya bilan ziddiyatda qulab tushadi. Bu haqda The Washington Post xabar bermoqda.
Budjetimizni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash bizga harbiy yordamning bir qismidir. Busiz moliyaviy tizimimiz qulab tushadi. Bu esa Rossiyaning zudlik bilan g‘alaba qozonishini anglatadi, — deydi Kachka.
Ukraina Iqtisodiyot vaziri Yuliya Sviridenkoning so‘zlariga ko‘ra, kelasi yili mamlakatga iqtisodiy yordam uchun 38 milliard dollar kerak bo‘ladi.
Uning nashrga aytishicha, bu yil Ukraina yalpi ichki mahsuloti 35 foizga kamaydi, soliqlar esa byudjetning faqat bir qismini qoplaydi.
Sviridenko Ukraina Qo‘shma Shtatlar tomonidan ko‘rsatilayotgan yordamni qadrlashini, biroq mamlakat iqtisodiy tizim faoliyatini qo‘llab-quvvatlashda davom etishi muhimligini aytdi.
Avvalroq, Oliy Rada deputati Yaroslav Jeleznyak Ukraina byudjetining yarmi mudofaaga sarflanishini aytgan edi.
1-oktabr kuni AQSH prezidenti Jo Bayden Kiyevga 12,4 milliard dollarlik qo‘shimcha yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi.
Gazetaga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar joriy yilda Ukrainani qo‘llab-quvvatlash uchun jami 54 milliard dollarga yaqin mablag‘ yuborgan.