Yil boshidan beri O‘zbekistonda tovarlar eksporti qanday o‘zgargani tahlil qilindi. Bu haqda “Daryo”ga Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi xabar bermoqda.
Eksportning sezilarli o‘sishi Sirdaryo (36,2 foiz), Andijon (34,4 foiz), Samarqand (28,3 foiz), Navoiy (28,2 foiz), Namangan (25,9 foiz) viloyatlarida va Toshkent (28 foiz) shahrida kuzatildi.
O‘zbekiston eksportining o‘sishi sanoat mahsulotlari, oziq-ovqat mahsulotlari, kimyoviy moddalar va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksportining o‘sish sur’atlari oshgani bilan izohlanadi.
Eksportning kamayishi Surxondaryo (-14,5 foiz), Jizzax (-2,3 foiz), Buxoro (-2,2 foiz) viloyatlarida va Qoraqalpog‘istonda (-10,3 foiz) kuzatildi.
Surxondaryo va Jizzax viloyatlarida eksport hajmining qisqarishi meva-sabzavot mahsulotlari (loviya, pomidor, mosh, piyoz) va ip-kalava eksporti bilan bog‘liq.
Buxoro viloyatida esa paxta tolasining ichki bozorga yo‘naltirilishi kamayishi bilan bog‘liq. Qoraqalpog‘iston plastmassa, farmatsevtika mahsulotlari va ip-kalava eksporti qisqardi.
Avvalroq O‘zbekistonning Yevropa ittifoqi davlatlari bilan savdo aloqalari qanday kechayotgani haqida xabar berilgandi.