Iordaniyaning Amman shahrida bo‘lib o‘tayotgan erkaklar va ayollar boksi bo‘yicha Osiyo chempionatida 11-noyabr, juma kuni ayol bokschidan final janglarida ishtirok etdi.
-66 kg vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilgan Navbahor Hamidova finalda Janubiy Koreya vakili Choy Hon Gyunga qarshi ringga ko‘tarildi. Hamidova raqibini mag‘lub etib, Osiyo chempioniga aylandi.
Yana bir finalchi Sohiba Ro‘zmetova (-75 kg) esa hindistonlik Lovlina Borgoainga imkoniyatni boy berdi va kumush medalga sazovor bo‘ldi.
Shuningdek, yarim finalga qadar yetib kelgan Farzona Fozilova O‘zbekiston ayollar boks terma jamoasi hisobiga bronza medal yozdirib qo‘ydi.