Argentina terma jamoasi Qatar maydonlarida o‘tadigan Jahon Chempionati uchun 26 futbolchidan iborat yakuniy qaydnomani e’lon qildi.
Lionel Skaloni tarkibga quyidagi futbolchilarni jalb qilgan:
Darvozabonlar: Emiliano Martines (“Aston Villa”), Xeronimo Ruli (“Vilyarreal”), Franko Armani (“River Pleyt”);
Himoyachilar: Nauel Molina (“Atletiko”), Gonsalo Montyel (“Sevilya”), Kristian Romero (“Tottenhem”), Xerman Petsselya (“Betis”), Nikolas Otamendi (“Benfika”), Lisandro Martines (“Manchester Yunayted”), Markos Akunya (“Sevilya”), Nikolas Talyafiko (“Lion”), Xuan Foyt (“Vilyarreal”);
Yarim himoyachilar: Rodrigo de Paul (“Atletiko”), Leandro Paredes (“Yuventus”), Papu Gomes (“Sevilya”), Aleksis Mak Allister (“Brayton”), Gido Rodriges (“Betis”), Enso Fernandes (“Benfika”), Eksekiel Palasios (“Bayer”);
Hujumchilar: Lionel Messi (“PSJ”), Lautaro Martines, Xoakin Korrea (ikkisi “Inter”), Anxel di Mariya (“Yuventus”), Xulian Alvares (“Manchester Siti”), Nikolas Gonsales (“Fiorentina”), Paulo Dibala (“Roma”).
Qatar mezbonligidagi mundial 20-noyabrda start oladi, final 18-dekabr kuni bo‘lib o‘tadi. Argentina terma jamoasi Saudiya Arabistoni, Meksika va Polsha bilan bir guruhdan joy olgan.
Avvalroq Xorvatiya, Fransiya, Uels, Angliya, Germaniya, Braziliya, Portugaliya, Ispaniya va Belgiya terma jamoalari ham yakuniy qaydnomani e’lon qilgandi.