Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Ispaniyalik Twitter foydalanuvchisi soxta xabar tarqatgani uchun 15 oylik qamoq jazosiga hukm qilindi, bu mamlakatdagi birinchi shunday hukm, deb xabar beradi El País.

Foto: El Pais

Foto: El Pais

2019-yilda bir erkak Twitter sahifasiga voyaga yetmagan migrantlar tomonidan ayolga nisbatan zo‘ravonlik harakati aks etgan videoni joylashtirgan. Keyinchalik u tarqatgan videodagi voqea Ispaniyada emas,  Xitoyda sodir bo‘lgani aniqlangan. Tergovlarga ko‘ra, foydalanuvchi “marokashlik muhojirlarni yoqtirmagan va qabul qila olmagan”.

Sud ayblanuvchiga 15 oylik qamoq jazosi berishga qaror qildi. Bundan tashqari, uni 1600 yevro jarima kutmoqda.

Ayni paytda hukumat xuddi shunday voqeani ko‘rib chiqmoqda: Barselona prokuraturasi 2019-yil iyun oyida Twitter akkauntiga muhojir talabalarning o‘qituvchiga nisbatan tajovuzkorligi tasvirlangan videoni joylashtirgan ayol uchun ikki yillik qamoq jazosini talab qilmoqda. Aslida esa videodagi voqea Ispaniyada emas, Braziliyada sodir bo‘lgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Turkiyada deputatlar davlat budjeti muhokamasida mushtlashdi (video)
Mahalliy
Namangandagi ko‘mir mashmashasi: aholi uchun ko‘mir sotib olish — ovoragarchilik, rahbarlar esa ko‘mirga talab uning sifati yaxshiligidan demoqda (video)
Mahalliy
Toshkentda zo‘ravonlikka qarshi kurash bo‘yicha xalqaro anjuman — suratlarda