• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12778.12
    • RUB164.01
    • EUR14931.23
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    “Daryo” kundaligida 8-noyabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar

    “Daryo” nashri 8-noyabrda O‘zbekiston va jahonda sodir bo‘lgan eng muhim voqealarni e’tiboringizga havola etadi.

    Kiyev Rossiya bilan muzokaralardan bosh tortmagan. Zelenskiy Rossiya bilan muzokaralarni boshlash uchun o‘z shartlarini ma’lum qildi

    Ukraina prezident ofisi rahbari maslahatchisi Mixail Podolyak Kiyev hech qachon Rossiya bilan muzokaralardan bosh tortmaganini ta’kidladi, deb yozadi “RBK”. Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukrainaning pozitsiyasi ma’lum va ravshan: avval Rossiya Ukraina hududidan o‘z qo‘shinlarini olib chiqadi, “keyin hammasi amalga oshadi”. “Putin tayyormi? Shubhasiz. Biz esa konstruktiv baho beramiz: faqatgina Rossiya Federatsiyasining navbatdagi rahbari bilan muloqot qilamiz”, — deb yozgan Podolyak.

    Shundan so‘ng Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy G‘arb nashrlarining Kiyev Rossiya bilan muzokaralar o‘tkazishga da’vat etilayotgani haqidagi xabarlaridan keyin muloqot boshlash uchun Ukrainaning shartlarini ma’lum qildi. Bu haqda u 7-noyabr kuni kechki murojaatida aytib o‘tdi.

    Ushbu shartlar quyidagilardan iborat:

    • Rossiyaga qo‘shib olingan hududlar qaytarilgan holda Ukraina hududiy yaxlitligining qayta tiklanishi;
    • BMTga hurmat;
    • barcha zararlarning qoplanishi;
    • har bitta harbiy jinoyatchining jazolanishi;
    • bu boshqa hech qachon takrorlanmasligining kafolatlanishi.
    Avvalroq AQSH va NATO hukumati Ukraina armiyasi Rossiya qo‘shinlari tomonidan egallangan Xersonni ozod etganidan keyin Rossiya bilan muzokaralarni boshlashi mumkin, degan fikrda ekanligi, AQSH bunday xabarni Yevroittifoqqa uzatgani va endi bu fikrni Ukraina hukumatiga uqtirayotgani xabar berilgandi.

    Ayni vaziyatda Zelenskiy ma’muriyati Qrimni qaytarib olish bo‘yicha reja tayyorlamoqda, Rossiya qo‘shinlari esa Mariupol atrofida mudofaa istehkomlarini qurishni boshlagan

    AQSH prezidenti ma'muriyati Shimoliy Koreyaga nisbatan sanksiyalarni kuchaytiradi. Qaror Yaponiya va Janubiy Koreya bilan birgalikda qabul qilinishi kutilmoqda

    AQSH hukumati Shimoliy Koreyaning yadroviy sinovlariga javoban Yapon dengiziga aviatashuvchi kema yuborishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Kyodo News+ xabar berdi.

    “Qaror Yaponiya va Janubiy Koreya bilan birgalikda qabul qilinishi kutilmoqda. AQSH prezidenti Jo Bayden ma’muriyati Shimoliy Koreyaga nisbatan sanksiyalarni kuchaytirish bo‘yicha BMT Xavfsizlik kengashi rezolyutsiyasi loyihasini ham tayyorlamoqda”, — deyiladi bayonotda.Bundan tashqari, raketa sinovlariga javoban Vashington, Seul va Tokio Pxenyanga qo‘shimcha sanksiyalar joriy etish niyatida, bu esa neft mahsulotlari eksportiga va “Shimoliy Koreya rasmiylari bilan aloqador xakerlar” ishiga ta’sir qiladi.

    AQSH va uning Osiyodagi eng yaqin ikki ittifoqchisi bilan aloqalarni qo‘llab-quvvatlash uchun Amerikaning Hind-Tinch okeani qo‘mondonligi rahbari admiral Jon Akilino Yapon dengizidagi safari davomida yadroviy samolyot tashuvchi kemada Yaponiyaning o‘zini-o‘zi mudofaa qilish kuchlari va Janubiy Koreya harbiylarining yuqori martabali zobitlariga qo‘shilishi mumkin.AQSH hukumati Shimoliy Koreyani keyingi provokatsiyalardan tiyilishga va Koreya yarim orolini to‘liq yadrosizlantirish yo‘lida “barqaror va mazmunli muloqot” olib borishga chaqirdi.

    Ukraina va Rossiya prezidentlari taklif qilingan G 20 sammitida, Putin va Zelenskiy uchrashadimi? 

    Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy 15—16-noyabr kunlari Indoneziyaning Bali orolida bo‘lib o‘tadigan G20 sammitida ishtirok etishni rejalashtirmoqda. Prezident matbuot kotibi Sergey Nikiforov sammitda Zelenskiy katta ehtimol bilan onlayn tarzda ishtirok etishini aytdi. 3-noyabr kuni Zelenskiy agar G20 sammitida Rossiya prezidenti Vladimir Putin ishtirok etsa, unda qatnashishdan bosh tortishini ma’lum qilgandi.

    “Vedomosti” gazetasi esa manbalarga tayanib, Putin Baliga bormoqchi emasligini, uning o‘rniga tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov qatnashishi haqida xabar bergandi. Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovning aytishicha, Kreml prezident Vladimir Putinning G20 sammitida ishtirok etish-etmasligini shu hafta e’lon qiladi.

    8-noyabr kuni Indoneziya prezidenti Joko Vidodo Putin Balidagi G20 sammitiga bormasligini ma’lum qildi.Zelenskiy ham, Putin ham G20 sammitiga taklif qilingan. Oktabr oyida Indoneziya  rasmiylari har ikki prezident sammitda ishtirok etishga rozilik bildirganini aytgandi, biroq ular “Ukraina va Rossiya o‘rtasidagi urush tufayli bu oson bo‘lmasligini” ta’kidlagan.

    Bank va kredit masalalarida jinoyatlar soni ko‘paygan. O‘zbekistonning qaysi viloyatida bu masala eng dolzarb bo‘lmoqda?

    Namanganda joriy yilning 9 oyi davomida sudlar tomonidan banklar bilan bog‘liq jami 162 ta jinoyat ishi ko‘rilgan. Bu haqda “Daryo” muxbiri Azizbek Abduvaliyev xabar bermoqda.

    Mazkur ishlardan 157 tasini kreditga oid jinoyatlar tashkil etgan. “Ko‘rib chiqayotgan har 10 ta ishimizdan to‘rttasi bank va kredit masalalariga borib taqalyapti. Bu juda xavotirli raqamlar. Bunday holatlarning oldini olish uchun sudyalarimiz banklarga chiqib, xodimlar, xususan, kredit bilan bog‘liq amaliyotlarda ishtirok etuvchi mutaxassislar bilan muloqotda bo‘lmoqda. Ularga bank sohasi bilan bog‘liq jinoyat ishlari bo‘yicha ayblov hukmi chiqarilgan holatlar yuzasidan batafsil tushunchalar berilyapti”, — deydi Namangan viloyat sudi jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati raisi Adhamjon Mirzayev.

    Qayd etilishicha, bank sohasida sodir etilgan jinoyatlar oqibatida 101,2 milliard so‘m miqdoridagi zarar yetkazilgan. Bundan 94,3 milliard so‘mi bevosita kredit faoliyati bilan bog‘liq. Tergov va sud davrida qariyb 50 milliard so‘m mablag‘ qoplangan va qolgani sud qarori bilan undirilishi ko‘rsatilgan.

    Shuningdek, viloyatda bank xodimlari o‘rtasida firibgarlik va korrupsiya holatlari ham ko‘plab kuzatilmoqda: 2022-yilning 9 oy davomida 43 nafar bank xodimi tomonidan korrupsion jinoyatlar sodir etilgani aniqlangan.

    08.11.2022, 22:30   Izoh (0)   9125
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Rossiya Ukraina bilan muzokaralarni qayta boshlash uchun shart qo‘ymayapti

    08.11.2022, 21:11

    Ilon Mask Twitter’ni pulli qilishni rejalashtirmoqda

    08.11.2022, 20:59

    Ukrainaga bostirib kirgach, Rossiyani deyarli barcha do‘st mamlakatlardan muhojirlar tark etmoqda. Bu borada yetakchilar — Armaniston, Qirg‘iziston va O‘zbekiston

    08.11.2022, 20:13

    Ijevskdagi maktabga uyushtirilgan hujum oqibatida yaralangan 67 yoshli ayol vafot etdi

    08.11.2022, 20:08

    Bu o‘yinda halok bo‘lsangiz, u sizni real hayotda ham o‘ldiradi. Dunyodagi birinchi qotil VR-uskunasi yaratildi

    08.11.2022, 19:34

    AQSHda Kongressga saylovlarda ovoz berish boshlandi

    08.11.2022, 17:29
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar

     

    Tavsiya etamiz

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07

    Oilasini qashshoqlik va ochlikdan qutqargan jangchi yigit: Arda Gyulerning kurashga to‘la hayot maktubi

    13 iyul, 22:15

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Trampning Moskva va Sankt-Peterburgga hujum qilishga undagani haqidagi xabarlar rad etildi

    Dunyo | 15 iyul, 23:35

    O‘qishni davlat oliygohlariga ko‘chirish uchun o‘tish ballari tasdiqlandi

    O‘zbekiston | 15 iyul, 23:25

    Dunyoning eng keksa marafonchisi YTH oqibatida vafot etdi

    Dunyo | 15 iyul, 23:10

    Ukrainada ko‘p fuqarolik qonuniylashtirildi

    Dunyo | 15 iyul, 22:55

    Banklarda so‘mdagi kredit foizlari ko‘tarildi

    O‘zbekiston | 15 iyul, 22:45

    AQSHda ofitser tanishuv ilovasi orqali Ukrainaga oid maxfiy ma’lumotlarni uzatgani aniqlandi

    Dunyo | 15 iyul, 22:35

    Safarda bolani nima bilan band qilish mumkin? Xotirjam sayohat qilish uchun 10 ta layfhak

    Farzand | 15 iyul, 22:23

    O‘zbekistonga eng ko‘p sayyohlar qaysi davlatlardan kelayotgani ochiqlandi

    O‘zbekiston | 15 iyul, 22:11
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.