Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

AQSH moliya vazirligi va Davlat departamenti xususiy ravishda yirik banklarni “ayrim strategik Rossiya kompaniyalari” bilan hamkorlik qilishdan bosh tortmaslikka chaqirmoqda. Bu haqda Bloomberg xabar bermoqda

Foto: Bloomberg

Foto: Bloomberg

So‘rov JPMorgan va Citigroup’ga yo‘naltirilgan. Ulardan “Gazprom”, “Uralkali” va “Phosagro” kabi kompaniyalarga asosiy xizmatlar ko‘rsatishdan bosh tortmaslik so‘raladi.

Bloomberg sentabr oyida JPMorgan bosh direktori Jeymi Daymon kongressdagi tinglovda sanksiyalarni chetlab o‘tish, xususan, “Gazprom” bilan biznes yuritish uchun bo‘shliqlardan foydalanganlikda ayblanganiga e’tibor qaratdi. 

Biz Amerika hukumatining ko'rsatmalariga amal qilamiz, chunki ular bizdan buni qilishni so‘ragan, — degan edi Daymon

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, Jo Bayden ma’muriyatining yashirin harakatlari sanksiyalarning salbiy oqibatlarini kamaytirishga qaratilgan. 

Ta’kidlanishicha, AQSH rasmiylari shu yo‘l bilan “global iqtisodiy falokat”dan qochishga harakat qilmoqda. 

Buning uchun AQSH G‘aznachilik va Davlat departamenti banklardan Rossiyaning ayrim banklariga pul o‘tkazmalari va dollarga konvertatsiya qilish kabi “asosiy xizmatlar”ni ko‘rsatishni davom ettirishni so‘ragan. 

JPMorgan va Citigroup avvalroq Rossiyadagi biznes faoliyatini to‘xtatayotganini e’lon qilgan edi. Iyul oyida Ukraina AQSH va Yevropaning yirik banklarini Rossiya nefti bilan savdo qiluvchi kompaniyalar bilan aloqalarni uzishga chaqirdi. 

Kiyev ularni harbiy jinoyatlarda aybladi. Maktublar Amerikaning JPMorgan Chase, Citigroup, Britaniyaning HSBC va Fransiyaning Credit Agricole kompaniyalariga yuborilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Odamlar o‘limida o‘zimni aybdor hisoblamayman” — Nukusdagi tartibsizliklar yetakchisi Dauletmurat Tajimuratov
Madaniyat
“Xudodan qo‘rqmagan odamdan qo‘rqdim”. O‘zbekiston xalq artisti Bobomurod Hamdamov oilaviy nizolar tufayli ijara uyda yashamoqda (video)
Sport
O‘zbekiston amputantlar terma jamoasi futbolchilariga Cobalt avtomobillari topshirildi