Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Rossiya Ukraina bilan muzokaralar uchun ochiq, biroq Kiyevning Rossiya tomoni bilan muloqotdan voz kechish bo‘yicha pozitsiyasi tufayli, bunga imkoniyat borligini ko‘rmayapti, dedi mamlakat prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

“Rossiya tomoni ochiq bo‘lib qolishi va muzokaralar yo‘li bilan o‘z maqsadlariga erishishga tayyorligi haqida biz ko‘p marta aytganmiz. Ammo hozirgi paytda bunday imkoniyatni ko‘rmayotganimiz haqida ham o‘zimiz ta’kidlaganmiz, chunki Kiyevda Rossiya tomoni bilan hech qanday muzokaralar olib bormaslik haqidagi qonun kuchga kiritilgan”, — dedi Peskov.

Vladimir Putinning matbuot kotibidan AQSH prezidenti Jo Bayden ma’muriyati shaxsiy suhbatlari chog‘ida Ukraina rahbariyatini Rossiya bilan muzokaralarga ochiqlikni namoyish etishga chaqirayotgani haqida Washington Post e’lon qilgan xabar haqida ham so‘rashgan.

“Biz bu rost yoki yolg‘onligini bilmaymiz. Rost bo‘lgan xabarlar ham bor, lekin mutlaqo taxminlardan iborat bo‘lgan xabarlar ko‘proq… Shuning uchun bu haqiqatga to‘g‘ri kelishiga ishonchimiz komil bo‘lmasdan turib, izoh bera olmaymiz”, — deb javob berdi u.

30-sentabr kuni Kremlda Donetsk va Lugansk xalq respublikalari hamda Ukrainaning Xerson va Zaporojye viloyatlari bosib olingan qismlarining “Rossiya tarkibiga kirishi” haqida shartnomalar imzolandi. O‘sha kuniyoq Ukraina hukumati NATOga qo‘shilish uchun ariza berdi. Zelenskiy o‘shanda Rossiya bilan muloqotga tayyorligini aytgan, lekin “boshqa prezident bilan” degan edi.

4-oktabr kuni esa Ukraina rasman Putin bilan har qanday muzokaralardan bosh tortdi.

30-oktabr kuni tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Rossiya va prezident Vladimir Putin Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha muzokaralarga tayyorligini yana bir marta tasdiqladi. O‘sha kuniyoq prezident matbuot kotibi Dmitriy Peskov Kiyev bilan muzokaralar va Zelenskiy bilan kelishuvlar “hech narsaga arzimasligini”, chunki “tashqaridan berilgan buyruq orqali” bir lahzada bekor qilinishi mumkinligini aytdi. “Shuni aniq-ravshanki, hal qiluvchi ovoz — Vashingtonniki”, — dedi u.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Pablo Eskobar buyrug‘i bilan portlatilgan Boeing, “Nevskiy ekspress” poyezdidagi terakt va sovet hukumatiga qarshi boshlangan Slutsk qo‘zg‘oloni. Kun xronologiyasi...
Mahalliy
O‘zbekistonda 175 kishining pasportiga IMEI kodlari noqonuniy ro‘yxatdan o‘tkazilgani aniqlandi
Mahalliy
Uy-ro‘zg‘or ishlari ayollarning iqtisodiy faolligini tushiradi: O‘zbek ayolining martabaga erishish imkoniyatlari tahlil qilindi