Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Oliy Majlis Senati sayti 2-noyabr kuni xakerlar hujumiga uchragan edi. MY5 telekanalining “Markaziy studiya” ko‘rsatuvida esa bu hujum 14 yoshli bolalar tomonidan amalga oshirilgani aytilgan. Ichki ishlar vazirligi Kiberxavfsizlik markazining aniqlik kiritishicha, ushbu holat aslida boshqa bir fuqaro tomonidan sodir etilgan.

Kadr: YouTube

Kadr: YouTube

Xabarga ko‘ra, mazkur ishni amalga oshirgan fuqaro Namangan viloyati Norin tumanida 3-noyabr kuni huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan aniqlangan.

Shunchaki zaifligini ko‘rsatib qo‘ymoqchi edim. 28-oktabr kuni sayt egalariga bu haqda xabar yuborilgan, lekin javob kelmagan. Shu sababdan bu ishni amalga oshirgim keldi, — dedi yigit.
Uning aniqlik kiritishicha, televideniye orqali o‘zini Marsh Golden guruhi boshlig‘i deya tanishtirgan shaxsning bu ishga aloqasi yo‘q.
Intervyudagi hamma ma’lumotlar yolg‘on. Marsh Golden guruhini men yaratganman. Telegram kanal ham meniki. Men veb saytga hujum uyushtirishim noqonuniy ekanini bilmagandim, soha xodimlari uyimizga kelib, buni tushuntirdi. Qilgan ishimdan pushaymonman, — deydi u.

Yigitning otasi ham intervyu berib, o‘g‘liga 2022-yilda kompyuter olib bergani, 3-noyabr kuni uyiga soha xodimlari kelib, Senat saytiga hujum qilgan shaxs uning o‘g‘li ekanini isbotlab berganini bildirdi. Hozirda daliliy ashyolar bo‘yicha ekspertiza tayinlanib, holatga huquqiy baho berish maqsadida organ xodimlari tomonidan o‘rganish ishlari davom ettirilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Virtual kartalar nima va ulardan qanday qilib to‘g‘ri foydalanish mumkin?
Dunyo
Twitter ofisida xodimlar uchun karavotlar paydo bo‘ldi, Ilon Mask avvalroq me’yoridan ortiqcha ish bo‘lishi haqida ogohlantirgandi
Mahalliy
Xorazmda ikki kishi is gazidan vafot etdi