Samarqand shahrida bo‘lib o‘tayotgan II O‘zbekiston xalqaro iqtisodiy forumi doirasida Moliya vazirligi va Osiyo taraqqiyot banki o‘rtasida budjetni qo‘llab-quvvatlash loyihasi doirasida 500 million dollar miqdorida qarz bitimi imzolandi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Shuningdek, Moliya vazirligi va OTB Orol dengizi havzasi sektorida iqlimga moslashgan suv resurslarini boshqarish loyihasi yuzasidan 3,3 million dollar (grant) miqdorida qarz kelishuviga erishgan.
OTB hamda Moliya vazirligi, Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi va Davlat xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi OTB maslahat ko‘magida Buxoro issiqlik ta’minoti tizimini modernizatsiya qilish loyihasi doirasida dastlabki qiymati 100 million dollar miqdoridagi hamkorlik bitimini ham imzolagan.
Bundan tashqari, Moliya vazirligi va Xalqaro Islom savdo-moliya korporatsiyasi (ITFC) budjetni qo‘llab-quvvatlash loyihasi doirasida 100 million dollar miqdoridagi qarz kelishuviga erishgan.
Izoh (0)