Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Ukraina futbol assotsiatsiyasi (UAF) Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA)ga Eron terma jamoasini Qatarda bo‘lib o‘tadigan 2022-yilgi jahon chempionatida ishtirok etishdan chetlashtirish masalasini ko‘rib chiqish taklifi bilan murojaat qildi, deb xabar bermoqda UAF sayti.

Foto: SkySport

Foto: SkySport

Ta’kidlanishicha, bu haqdagi qaror tashkilot ijroiya qo‘mitasi yig‘ilishida qabul qilingan. Murojaatga Eronda inson huquqlarining buzilishi, BMT Xavfsizlik kengashining Eronga qarshi sanksiyalar qo‘llashga oid rezolyutsiyasi, shuningdek, Rossiyaga Eron qurollari yetkazib berilgani haqidagi xabarlar sabab bo‘lgan.

O‘z navbatida, Tehron Ukrainadagi urushda foydalanish uchun Rossiyaga jangovar dronlarni topshirgani haqidagi da’volarni qat’iyan rad etgan. Rossiya Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarova esa Rossiyaning Erondan jangovar samolyotlar sotib olgani haqidagi mavzu sun’iy ravishda Amerika ommaviy axborot vositalarida paydo bo‘lganini ma’lum qilgan.

Eronda bir oydan ortiq vaqtdan beri tartibsizliklar davom etmoqda, bu tartibsizliklar sentabr oyi o‘rtalarida eronlik Mahsa Aminiyning politsiya tomonidan hibsga olinganidan keyingi o‘limi bilan bog‘liq.

Ma’lumot uchun, futbol bo‘yicha jahon chempionati 20-noyabrdan 18-dekabrga qadar Qatarda bo‘lib o‘tadi. Eron terma jamoasi Angliya, Uels va AQSH terma jamoalari bilan birga B guruhidan joy olgan. Ukraina terma jamoasi jahon chempionatiga chiqa olmagan.

Mavzuga doir:

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Nukus voqealari bo‘yicha uch nafar huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimi qamoqqa olindi 
Dunyo
G7 davlatlari Xitoy, Shimoliy Koreya va Eronga qarshi sanksiyalar tayyorlamoqda — Bloomberg
Mahalliy
Oʻzbekistonning yanvar oyidagi budjet daromadi ochiqlandi