Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Eron Ukrainaning diplomatik vakillik darajasini pasaytirish qaroriga nisbatan javob choralarini ko‘radi. Bu haqda Eron tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Nosir Kanani Chafiy ma’lum qildi, deb yozadi “Kommersant”.

Foto: Rupec

Foto: Rupec

Ta’kidlanishicha, Ukraina tashqi ishlar vazirligi Eronning Kiyevdagi elchisining akkreditatsiyasini Eron uchuvchisiz appraratlarining Rossiyaga sotilishi mumkinligi haqidagi xabarlar tufayli bekor qilgan.

“Tehron bunga javoban zarur choralarni ko‘radi. Biz Kiyevga Ukraina va Eron o‘rtasidagi munosabatlarni buzishga intilayotgan uchinchi tomonlar ta’siridan tiyilishni maslahat beramiz”, — dedi Nosir Kanani Chafi.
Avvalroq Ukraina Tashqi ishlar vazirligi Eronning Kiyevdagi elchisi akkreditatsiyadan mahrum etilgani haqida xabar bergan. Shuningdek, elchixona xodimlari sonini sezilarli darajada qisqartirishga qaror qilingan. Kiyev Tehronni qurollarni Rossiyaga o‘tkazishda ayblamoqda.
“Bunday nojo‘ya harakatga javoban Ukraina tomoni Eronning Ukrainadagi elchisini akkreditatsiyadan mahrum etishga qaror qildi”, — deyiladi Ukraina TIV bayonotida.
Ta’kidlanishicha, Rossiyaga qurol-yarog‘ berilishi Eronning Ukrainadagi mojaro bo‘yicha betaraflik haqidagi rasmiy pozitsiyasiga zid keladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Suriyadagi kurdlar Rossiyadan hududlarini himoya qilishda yordam so‘radi
Mahalliy
O‘zbekistonda 2023-yilda meva va sabzavotlar narxi jiddiy o‘sishi kutilmoqda
Dunyo
Kim Chen Ir topshirig‘i bilan uyushtirilgan terakt, samolyot boshqarib halokatga uchragan “Formula-1” chempioni va nemislar tomonidan qatl etilgan Kosmodemyanskaya...