Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

“Real” yarim himoyachisi Toni Kroos La Liganing 12-turidan o‘rin olgan “Jirona”ga qarshi bahsda (1:1) qizil kartochka olib, maydonni tark etdi.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Kroos o‘yinning 55-daqiqasida sariq kartochka oldi va ikkinchi bo‘limga qo‘shib berilgan 1-daqiqada hakam ikkinchi sariq kartochkani ko‘rsatdi.

Nemis futbolchisi top-5 ligalardagi (La Liga, Bundesliga) 426 ta o‘yini davomida biror marta qizil kartochka olmagan edi. Kroos faoliyatida ilk bor qizil kartochka olib, maydonni tark etdi.

Eslatib o‘tamiz, uchrashuvni Mario Melero Lopes boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqarib bordi.

Madridliklar 32 ochko bilan musobaqa peshqadami bo‘lib turibdi. Karlo Anchelotti shogirdlari eng yaqin ta’qibchisi “Barselona” esa 1 ochko ortda qolmoqda.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Bir necha kundan buyon hukm surayotgan qorli ob-havoda o‘zbekistonliklar yasagan qorbobolar — suratlarda
Sport
Matbuot anjumani vaqtida mushukni uloqtirib yuborgan Braziliya terma jamoasi rasmiysi tanqidlarga uchradi (video)
Dunyo
Lukashenko “kuchsiz Mercedes” tufayli YOII sammitiga piyoda keldi (video)