Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Yaqinda 19 yoshga to‘lgan shvetsiyalik ekofaol Greta Tunberg Birlashgan Millatlar Tashkilotining Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha konferensiyasi 27-ekologik sammiti tashkilotchilarini yolg‘onchilikda va yashil kun tartibi orqali o‘zini “oqlash”ga urinishda aybladi, deb xabar bermoqda Reuters.

Foto: “RIA Novosti”

Foto: “RIA Novosti”

Uning so‘zlariga ko‘ra, “hokimiyatdagi odamlar” ekologiyaga qiziqmaydi va Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha sammit ularga “o‘zini oqlash, yolg‘on va firibgarlik” uchun imkoniyatdir.

“Sammitda Fuqarolik jamiyati uchun joylar juda cheklangan bo‘ladi. U yerda qatnashishi kerak bo‘lganlarga joy qoldirish kerak. Faollarning ovozi eshitilishi qiyin bo‘ladi”, — dedi Tunberg.

6—18-noyabr kunlari BMTning Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha 27-konferensiyasi Sharm al-Shayxda bo‘lib o‘tadi.

BMT veb-saytiga ko‘ra, iqlim o‘zgarishi bo‘yicha yillik konferensiya “global iqlim bo‘yicha muzokaralarni ilgari surishda yordam beradi, harakatlarni safarbar qiladi va iqlim o‘zgarishi oqibatlarini ko‘rib chiqish imkoniyatini beradi”. 2021-yilda u Shotlandiyaning Glazgo shahrida o‘tkazilgandi.

Tunberg 2003-yilda tug‘ilgan. Qizda Asperger sindromi (ijtimoiy o‘zaro munosabatlardagi qiyinchiliklar bilan tavsiflangan ruhiy kasallik), obsessiv-kompulsiv buzulish va selektiv mutizm (muayyan ijtimoiy vaziyatlarda gapira olmaslik) mavjud. Qizning so‘zlariga ko‘ra, u 3-sinfdan boshlab ekologik kun tartibiga qiziqa boshlagan.

U 2019-yilda BMT sammitidagi nutqi bilan ommaga tanilgandi. O‘shanda ko‘zlarida yosh bilan qiz mamlakatlar rahbarlarini harakatsizlik, ochko‘zlik va bolaligini o‘g‘irlashda ayblagan. “Odamlar azob chekmoqda, o‘lmoqda, ekotizimlar vayron bo‘lmoqda. Biz ommaviy qirilib ketish arafasidamiz, lekin siz pul va doimiy iqtisodiy o‘sish haqida gapiryapsiz”, — degan u. O‘sha yili Tunberg tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga nomzod bo‘ldi.

Izoh

Gayrat Golibovich

31.10.2022, 21:26

Toʻppa-toʻgʻri

Asosiy yangiliklar
Dunyo
Turkiya va Suriyadagi zilzilada halok bo‘lganlar soni 9 mingdan oshdi
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev Toshkent yerusti metrosining qurilish ishlari bilan tanishdi 
Mahalliy
Mudofaa vazirligida qator tayinlovlar amalga oshirildi