• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Madaniyat

    “Bu ularning tashabbusi emasdi”. Hamdam Sobirov va Jaloliddin Ahmadaliyevning qo‘shiqlaridan ruxsatsiz foydalangani uchun kafe egasi jarimaga tortilganiga izoh berildi

    Andijondagi kafe egasi xonandalar Jaloliddin Ahmadaliyev va Hamdam Sobirov qo‘shiqlaridan ruxsatsiz foydalangani uchun 60 million so‘m miqdorida jarimaga tortilgani haqida xabar chiqqan edi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Ushbu xabardan so‘ng ijtimoiy tarmoqda turli bahs va munozaralar ko‘paydi. Bu bahslarda kimdir kafe egasining jarimaga tortilishida xonandalarni ayblagan bo‘lsa, kimdir “Endi tug‘ilgan kun yoki uydagi kichik yig‘inlarda ham qo‘shiq eshitib bo‘lmaydimi?” degan hazilomuz savollar yozib qoldirdi.

    “Daryo” muxbiri Feruz Muhammad ushbu vaziyatga oydinlik kiritish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi mualliflik va turdosh huquqlarni himoya qilish jamiyati direktori Bobur Ro‘ziyev bilan intervyu qildi.

    — Nega aynan Jaloliddin Ahmadaliyev va Xamdam Sobirov uchun pul undirildi, restoran ekranlarida boshqa xonandalarning kliplari qo‘yilmaganmi? Va jarima qaysi me’yorga ko‘ra 60 mln etib belgilangan?

    — Savollaringizja javob berishdan oldin, intellektual mulk haqida biroz tushuncha berib o‘tmoqchiman:

    Intellektual mulk bu - ijodiy aqliy faoliyat maxsuli bo‘lib, fan, adabiyot va san’at asarlari, fonogrammalar, ijrolar va boshqa mualliflik va turdosh huquq obyektlarini o‘z ichiga oladi.

    Intellektual mulk ko‘zga ko‘rinmagani bilan, xuddi boshqa mulk kabi o‘z bahosiga ega va bazida moddiy shakldagi mulkdan (telefon, avtomobil, uy va hokazolardan) ko‘ra qimmatroq baholanadi.

    Ming afsuski, yurtimizda intellektual mulk sohasida uzoq yillar davom etgan “nofaollik” tufayli, bunday mulklardan foydalanish tizimi teskari shakllangan.

    Mualliflar ijod natijalari evaziga haq olish o‘rniga, o‘zlari pul to‘lagan holda, kompakt disk ko‘paytirib, sotuvchi tadbirkorlarga, internet saytlarga, TV va radikompaniyalarga iltimos qilib, asarlarini tekinga foydalanishga berib kelganlar.

    Aslida bu turdagi foydalanuvchilarning barchasi asarlardan mualliflik haqqi to‘lagan holda foydalanishlari kerak.

    O‘sha boy berilgan yillardagi “nofaollik” ta’siri haligacha saqlanib turibdi. O‘zlarining bizneslarida musiqiy asarlardan tijoriy maqsadda foydalanayotgan ko‘plab restoran va kafe egalarining fikrlaricha, xonandalar ularga pul to‘lashlari kerak ekan, ular xonandalarni shu orqali “piar” qilib berayotgan ekanlar.

    Ma’lumot o‘rnida aytib o‘tishimiz kerakki, bir musiqiy asar - fonogrammaning ijrochisidan tashqari bastakori, shoiri va fonogramma tayyorlovchisi bor. Bularning barchasi o‘zlariga tegishli bo‘lgan haqlarini olishlari kerak. Ishoning, shoir, bastakor va fonogramma tayyorlovchi uchun u yoki bu shaxs tomonidan qilinayotgan “piar”ning bir tiyinlik qizig‘i yo‘q.

    Ijrochi-ku mayli, majburligidan to‘y va boshqa marosimlarda har kimning qosh-qavog‘iga qaragan holda pul yig‘ib yurishibdi. Lekin ming afsuski yuzlab xit ashulalarning she’rlarini yozgan shoirlar va musiqalarini bastalagan bastakorlarning moddiy hayot tarzlari yaxshi emas.

    Butun umrini ijodga bag‘ishlagan ustoz shoirlarimizdan biri vafot etganlaridan keyin, oilasining sharoiti qiyin ahvolda qolganlarini ham guvohi bo‘lib turibmiz. Agar, o‘sha teskari shakllangan tizim to‘g‘ri ishlaganida muallif vafot etganidan keyin, uning merosxo‘rlari 70 yil davomida haq olib kelishlari kerak edi.

    Berilgan savolingizga qaytadigan bo‘lsak, o‘sha jarimaga tortilgan restoranga bir necha marotaba murojaat qilingan va musiqiy asarlardan shartnoma imzolash yo‘li bilan qonuniy foydalanishlari mumkinligi yoki Jamiyat tomonidan himoyalangan asarlardan foydalanmasliklari ogohlantirilgan. Restoran esa shartnoma imzolashdan bosh torgan va musiqiy asarlardan foydalanishni davom ettirgan. Inspektorlarimizga esa qo‘pol munosabatda bo‘lgan.

    Bunday hollarda biz o‘z vakolatlarimizdan kelib chiqib, foydalanuvchi obyektida nazorat ishlari olib boramiz va tegishli organlarga yetkazish maqsadida huquqbuzarlikni qayd qilamiz. O‘sha qayd qilish vaqtida Xamdam Sobirov hamda Jaloliddin Ahmadaliyevlar tomonidan ijro etilgan musiqiy asarlar yangrayotgan bo‘lgan. Bu ijrochilar O‘zbekiston Respublikasi mualliflik va turdosh huquqlarni himoya qilish jamiyatiga a’zo bo‘lganlar va ularning mulkiy huquqlari Jamiyat tomonidan himoya qilinadi.

    Ko‘plab izohlardan bilishimiz mumkinki, xalqimiz vaziyatni noto‘g‘ri tushungan holga ushbu xonandalarimizni qoralab fikr bildirmoqdalar. Aslida bu ularning tashabbuslari emas, va jamiyat o‘z a’zolarini manfaatlarini ko‘zlab, tegishli organlarga o‘z-o‘zidan murojaat qila oladi.

    60 million so‘m jarimaga kelsak, “Mulliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida”gi qonunning 65-moddasiga ko‘ra muallif huquqbuzardan BHMning 20 baravaridan 1000 baravarigacha tovon pulini undirilishini talab qilishi mumkin.

    Aslida, ko‘rsatilgan summa faqat ijrochilarga emas, bastakor, shoir va fonogramma tayyorlovchilarga ham taqsimlanishi kerak. Lekin, ushbu holatda, qayd qilingan musiqiy asarlarning ijrochilari ham, bastakori ham, shoiri ham fonogramma tayyorlovchisi ham xonandalarning o‘zlari ekanligi ma’lum bo‘lgan.

    — O‘zbekiston Respublikasi mualliflik va turdosh huquqlarni himoya qilish jamiyati boshqa yemakxonalar bilan ham shartnoma qilganmi? Yoki jarayon endi boshlanadimi?

    — Bir yil davomida ko‘p bo‘lmasada, umumiy ovqatlanish majmualari bilan litsenziya shartnomalarini imzolab kelyapmiz. Jamiyatning faoliyati 100% shaffof bo‘lib, barcha kerakli ma’lumotlar uzavtor.uz saytimizning reestlar bo‘limida ro‘yxatga olinib boriladi, shu jumladan Jamiyat bilan shartnoma imzolagan foydalanuvchilarning ro‘yxati ham ushbu bo‘limda shakllantirilgan.

    —“Endi tug‘ilgan kun yoki uydagi kichik yig‘inlarda ham qo‘shiq eshitib bo‘lmaydimi”, degan hazilomuz savollar ham ijtimoiy tarmoqlarda palak yozgan, bunga qanday munosabat bildirasiz?

    —Ming afsuski, ba’zi bir internet faollari yetarli bilimga ega bo‘lmagan holda mantiqsiz fikrlari bilan, yo bo‘lmasa ushbu mavzuni to‘liq tushunmagan, anglab yetmagan ravishda ommani chalg‘itib, shov-shuv ko‘tarishga erishdilar.

    “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq oshkor qilingan asardan shaxsiy maqsadlarda muallifning yoki boshqa huquq egasining roziligisiz va haq to‘lamagan holda foydalanishga yo‘l qo‘yiladi.

    Demak, siz musiqiy asarlardan daromad olish maqsadida emas, balki oila davrasida, mashinangizda, telefoningiz orqali foydalanishingiz uchun muallif yoki huquq egalaridan ruxsat so‘rashingiz va haq to‘lashingiz talab etilmaydi.

    —Agar ovqatlanish shahobchalarida smart tv qo‘yilgan bo‘lsa-yu, kliplar youtube’da qo‘yib turilsa ham qandaydir kelishuv bo‘lgan bo‘lishi kerakmi?

    Qonunga ko‘ra asarlarni yoki turdosh huquqlar obyektlarini ijro etish yoki ma’lum qilishning har qanday boshqa shakli vositasida, bevosita yoki texnika vositalari yordamida, omma uchun ochiq joyda yoki ayni bir oila a’zolari bo‘lmagan shaxslarning keng doirasi hozir bo‘lgan joyda eshitib va (yoki) ko‘rib idrok etish uchun yetkazish bu - omma oldida ijro etish hisoblanadi va ushbu yo‘l bilan foydalanishga, faqatgina muallif va huquq egalariga haq to‘lagan holda yo‘l qo‘yiladi.

    31.10.2022, 16:00   Izoh (0)   24411
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Malika Diana nima sababdan Chanel brendidan nafratlangan?

    31.10.2022, 13:56

    Qamoqxonada tug‘ilgan, o‘rmonda yashagan, uysiz bo‘lgan: kichik shaharchada tug‘ilib, butun dunyoni zabt etgan Gollivud yulduzlari (foto)

    31.10.2022, 11:46

    Instagram: AQSHdagi osmono‘par binoda raqsga tushgan Bunyodbek Saidov, Shukurullo Isroilov xonadonida to‘y, singlisini uzatgan Dili.me

    30.10.2022, 22:41

    Qiroldan ham badavlat: Buyuk Britaniyaning yangi bosh vaziri Rishi Sunak qancha boylikka ega?

    30.10.2022, 17:23

    Disney ilk bor to‘ladan kelgan qahramon haqida multfilm suratga oldi

    30.10.2022, 11:34

    Xonanda Adel adabiyot o‘qituvchisi sifatida qayta tayyorlanmoqchi ekanini ma’lum qildi

    29.10.2022, 16:10
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi

     

    Tavsiya etamiz

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Dunyodagi eng keksa odam 116 yoshini nishonladi

    Layfstayl | 23 avgust, 11:45

    Avstriyada 289 kilolik mahbus soliq to‘lovchilarning noroziligiga sabab bo‘ldi

    Dunyo | 23 avgust, 11:30

    O‘zbekistonda ikki mingta holatda energiyadan behuda foydalanish holatlari aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 11:10

    Jahon chempionati qur’asi qachon va qayerda bo‘lishi ma’lum bo‘ldi

    Sport | 23 avgust, 11:00

    Tramp Putinni futbol bo‘yicha jahon chempionatiga kelishi mumkinligini ma’lum qildi

    Dunyo | 23 avgust, 10:45

    Rossiyaga isiriq olib kirmoqchi bo‘lgan ayol 8 yilga qamaldi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 10:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.