Davlat statistika qo‘mitasi O‘zbekistonga 2022-yilning yanvar—sentabr oylarida Turkiyadan import qilingan ayrim turdagi oziq-ovqat mahsulotlari hajmi haqida ma’lumot berdi.
Unga ko‘ra, 9 oyda O‘zbekiston Turkiyadan eng ko‘p tovuq go‘shti olib kelgan. Mandarin, olma, banan kabi mevalar, margarin, qandolat va sut mahsulotlari ham import qilingan:
- Tovuq go‘shti – 5,6 ming tonna;
- Mandarin – 3,1 ming tonna;
- Makkajo‘xori – 2,1 ming tonna;
- Kakao va shokolad – 1,4 ming tonna;
- Qandolat mahsulotlari – 1,1 ming tonna;
- Olma – 1,1 ming tonna;
- Margarin mahsulotlari – 790 tonna;
- Sut mahsulotlari – 621 tonna;
- Banan – 197 tonna.
Izoh (0)