• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12831.81
    • RUB163.75
    • EUR14606.45
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +39°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Daryo kundaligi”da 19-oktabr kuni sodir bo‘lgan eng muhim voqealar

    “Daryo” nashri 19-oktabrda O‘zbekiston va jahonda sodir bo‘lgan eng muhim voqealarni e’tiboringizga havola etadi.

    Putin anneksiya qilingan hududlarda harbiy holat joriy etish to‘g‘risida farmon imzoladi

    Rossiya davlat rahbari Vladimir Putin “Donetsk Xalq Respublikasi, Lugansk Xalq Respublikasi, Zaporojye va Xerson viloyatlari hududlarida harbiy holat joriy etish to‘g‘risida”gi Farmonni imzoladi.

    Rossiyadagi “harbiy holat” yarim tundan boshlab kuchga kiradi va quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

    — Fuqarolarning mamlakat tashqarisiga chiqishini taqiqlash;

    — Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy obyektlarni evakuatsiya qilish, shuningdek, aholini xavfsiz hududlarga vaqtincha ko‘chirish;

    — Hududga kirish va chiqishning alohida rejimini joriy etish, shuningdek, u yerda harakatlanish erkinligini cheklash;

    — Mudofaa ehtiyojlari uchun vazifalarni bajarishga fuqarolarni jalb qilish, dushman tomonidan qurol ishlatish oqibatlarini bartaraf etish, xo‘jalik obyektlarini tiklash.

    — Tashkilotlar va fuqarolardan mudofaa ehtiyojlari uchun zarur bo‘lgan mol-mulkni keyinchalik uning qiymatining davlat tomonidan to‘lab berilishini inobatga olgan holda olib qo‘yish;

    — Aloqa sohasida harbiy senzura, shuningdek, telefon suhbatlari ustidan nazoratni joriy etish.

    Energodar HIMARS bilan o‘qqa tutildi. Ukraina qo‘shinlari Zaporojye AESni egallab olishga uringani aytilmoqda

    Rossiya tomonidan anneksiya qilingan Zaporojye viloyatining Energodar shahri 19-oktabrga o‘tar kechasi HIMARS yoppasiga o‘t ochuvchi reaktiv tizimlari bilan o‘qqa tutildi. Bu haqda shahar hokimiyati vakili ma’lum qildi.

    Zarbalar shahar ma’muriyati, Energodarga kiraverishdagi ko‘prik va “Luch” podstansiyasiga teggan. Aytishlaricha, podstansiyaga zarbadan keyin Energodar butunlay elektrsiz qolgan.

    Anneksiya qilingan Zaporojye viloyati hokimiyati vakili Vladimir Rogov “RIA Novosti” agentligiga Ukraina harbiylari tunda Energodardagi Zaporojye atom elektr stansiyasini egallab olishga uringani haqida ma’lum qildi.

    Janglar bir necha soat, kamida uch-uch yarim soat davom etdi. Ularning qayiqdan tushishga urinishlari qaytarildi”, — deydi Rogov.

    “Tez orada Xerson uchun jang boshlanadi” — Xerson vitse-gubernatori

    Ukraina armiyasi tez orada anneksiya qilingan Xersonga qarshi hujum boshlaydi. Xerson vitse-gubernatori Kirill Stremousov tinch aholiga mintaqaning o‘ng qirg‘oq qismini tark etishni qat’iy tavsiya qilmoqda.

    “Bizda mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, G‘arb tomonidan otlantirilgan ukronatsistlar yaqin orada Xerson shahriga hujum boshlaydi”, — dedi Stremousov o‘zining Telegram kanalida.Uning ta’kidlashicha, “Xerson shahrining hamda Xerson viloyatining o‘ng qirg‘oq qismi o‘qqa tutilishi istisno qilinmayapti”.

    AQSH, Britaniya va Fransiya BMT Xavfsizlik kengashida Eron dronlarining Rossiyaga yetkazib berilayotgani masalasini ko‘taradi

    AQSH, Buyuk Britaniya va Fransiya Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik kengashining bugun, 19-oktabrda o‘tkaziladigan yopiq majlisida Eronning Rossiyaga qurol yetkazib berishi masalasini ko‘tarmoqchi, deb xabar berdi Reuters.

    Ukraina Rossiyani BMT Xavfsizlik Kengashining Erondan qurol import qilishga embargo qo‘yish rezolyutsiyasini buzganlikda ayblamoqda. Nashrga izoh bergan diplomatlarning ta’kidlashicha, har uchala davlat ham Eron dronlarining olib kirilishi BMT Xavfsizlik kengashining 231-rezolyutsiyasini buzish, deb hisoblaydi. G‘arb davlatlari vakillari BMT vakilidan Xavfsizlik Kengashi a’zolarini ushbu masala bo‘yicha xabardor qilishni so‘ramoqda.

    Bundan tashqari, Ukraina BMT ekspertlarini Rossiya ushbu rezolyutsiyani buzgan holda Ukrainadagi nishonlarga hujum qilish uchun foydalanayotgan Eron dronlarni kelib tekshirishga chaqirdi.

    Tog‘li hududlarda qor yog‘moqda, Samarqand va Andijon yo‘llarini suv bosdi

    Bugun O‘zbekistonning tog‘li hududlarida qor yog‘moqda. Andijon va Samarqand yo‘llarini suv bosdi. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolardan anglashilishicha, Samarqand viloyatining Bulung‘ur tumanidagi M39 avtomobil yo‘lida suv toshishi oqibatida YTHlar sodir bo‘lishi, shuningdek, avtomobillar to‘xtab qolishi yuzaga kelgan. Andijon shahrida suv bosgani xabar berilgan videoda esa shahar ko‘chalarida suv toshgani sabab avtomobillar qatnovida tirbandlik, muammolar yuzaga kelgan.

    19.10.2022, 21:39   Izoh (0)   8304
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda yer ajratish haqida qarori bo‘lmagan yer uchastkalarini rasmiylashtirish ishlari yakunlanadi

    19.10.2022, 21:20

    Termiz xalqaro aeroporti faoliyati 25-dekabrgacha to‘xtatiladi

    19.10.2022, 20:28

    Toshkentda ayolini 7 yildan beri kaltaklab kelayotgani aytilgan erkak qamoqqa olindi

    19.10.2022, 20:02

    Andijonda 2 balli zilzila sodir bo‘ldi

    19.10.2022, 19:59

    Kuchli shamol sabab Boysunda 23 ta mahalla elektr tokisiz qoldi, hokimlik binosining tomi qulab tushdi

    19.10.2022, 19:27

    Toshkentda 11 ta davlat xavfsizlik organlari Afg‘oniston xavfsizligi bo‘yicha forumda yig‘ildi

    19.10.2022, 18:35
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    AVO’dan yangi omonat: yillik 25% gacha — 6 oyda orzuingizni amalga oshiring


    Navoiy innovatsiyalar universiteti — kelajagingizni kafolatlaydigan zamonaviy ta’lim maskani! 


    Sello Ecosystem Farg‘ona, Andijon va Namanganda Sello Summer Fest yorqin festivalini o‘tkazdi


    O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlari Yevropaga yo‘l olmoqda


    Suv — bebaho neʼmat: Agrobankdan fermerlar uchun yangi metodik to‘plam


    Centrum Air yozgi yo‘nalish ochadi: Toshkentdan Issiqko‘lga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar


    Moliyaviy firibgarliklar: firibgarlar keksalarni qanday aldamoqda 


    InfinBLACK - ortiqcha to‘lovlar talab qilmaydigan kredit karta


    Mobiuz "Mehribon" imtiyozli tarif rejasini taqdim etdi


     Coca-Cola jamg‘armasi va Global atrof-muhit va texnologiyalar jamg‘armasi (GETF) “Aylanma iqtisodiyot kelajagi uchun hamkorlik bitimi (PACT)” ni e’lon qilganligi haqida ma’lum qildi


    UZTELECOM "Muruvvat" tarifini taqdim etadi: Atigi 25 000 so‘m evaziga g‘amxo‘rlik va e’tibor bilan boyitilgan aloqa


    Tenge Bank Tenge24 ilovasida yangi raqamli avtokreditini e’lon qildi


    Yangi ufqlar: Centrum Air haftasiga ikki marta Toshkentdan Bishkekka parvozlarni amalga oshiradi


    Toshkentda xalqaro fintex-hodisa — Visa Cashless Forum 2025 bo‘lib o‘tdi 


    Zamonaviy Haval Jolion endi 0% muddatli to‘lov shartida 

     

    Tavsiya etamiz

    Chumchuqlarga yem bo‘lgan burgutlar. “O‘rgimchak to‘ri” operatsiyasi Rossiya uchun qanchaga tushadi?

    4 iyun, 18:49
    Audio Icon

    Qurib qolgan ko‘chatlar, millionlar shamolga uchdimi?

    4 iyun, 15:03

    Feldmarshalga almashtirilmagan Stalinning zurriyoti — “dohiy” nega o‘g‘lini urushga yuborgan edi?

    3 iyun, 21:10

    Ko‘zi o‘tkir, qulog‘i sezgir temir qushchalar. Razvedkachi dronlarning “katta akalari”

    3 iyun, 20:40
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tenge Bank Tenge24 ilovasida yangi raqamli avtokreditini e’lon qildi

    Reklama | 5 iyun, 15:00

    Britaniya qirollik oilasi Keyt Middlton o‘limi ehtimoliga reja ishlab chiqdi

    Dunyo | 5 iyun, 14:55

    Lamin Yamal “Real”da o‘ynaydimi?

    Sport | 5 iyun, 14:50

    O‘zbekiston—Qirg‘iziston—Xitoy—Mo‘g‘uliston koridorida birinchi yuk tashuvi amalga oshirildi

    O‘zbekiston | 5 iyun, 14:40

    Ismi ortidan milliardlab dollar topadigan jahon yulduzlari

    Layfstayl | 5 iyun, 14:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.