Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Rossiyada safarbarlik boshlangandan buyon O‘zbekistonga ham rossiyaliklarning oqimi tinmayapti. The Rambler nashri rossiyaliklar mahalliy aholini eng ko‘p nima yuzasidan bezovta qilayotgani haqida maqola e’lon qildi.

Foto: AP Photo

Foto: AP Photo

Ko‘plab rossiyaliklar O‘zbekistonga joylashdi, chunki vizasiz kirish mumkin. Ammo, ma’lum bo‘lishicha, ba’zi rossiyaliklar mahalliy aholini g‘azablantirmoqda. Sababi — madaniyatdagi farq. Masalan, o‘zbeklar uchun kalta shim kiyish odat emas.

“Keksa odamlar bor, sizdan katta bo‘lgan har qanday odam, tanish yoki qarindosh bo‘lmasa ham, nafaqat yumshoq gaplashish kerak, balki katta odam paydo bo‘lganda o‘rnidan turib, faqat sizlab murojaat qilish lozim. Bizda bolalar ota-onalari, aka-opalarini sizlaydi. Shunday ekan, biror yosh yigit bozorda keksa ayolga mevani noto‘g‘ri o‘rab berganini aytib qichqirsa, bu boshqalarning nigohiga tushmay qolmaydi”, — deydi toshkentlik Gulzoda.

Oqibatda mehmonlarning bunday xatti-harakati g‘azabga sabab bo‘ladi, garchi o‘zbeklarda mehmonlarni samimiy kutib olish odat tusiga kirgan bo‘lsa-da. Ammo ko‘plab rossiyaliklar uyni ijaraga olib, allaqachon mehmon maqomini yo‘qotib, to‘liq mahalliy aholiga aylangan.

Qolaversa, rossiyaliklarning oqimi uy-joy narxini oshirdi: agar ilgari Toshkentda bir xonali kvartirani oyiga 200-300 dollarga ijaraga olish mumkin bo‘lgan bo‘lsa, endi ular 600-700 dollar turadi. Oqibatda mahalliy talabalar va viloyatlardan kelgan boshqa mehmonlar uy-joysiz qoldi.

“Uyimda yosh kelinlar, nevaralarimning rafiqalari, chevaralarim, turmushga chiqmagan nevaram, ko‘plab ayollar va bolalar yashaydi. Qo‘shni esa uyini rossiyalik uch kishiga ijaraga beribdi. Balki yaxshi yigitlardir. Biroq do‘konga chiqqandagi holatlarini ko‘rsangiz, uyat! Ularni oilamdagi ayollar, bolalar ko‘rishidan uyalaman, erkaklar ham” – deydi 92 yoshli Jumaboy.

Yana bir vaziyatda rossiyalik kishi mahalliy homilador ayollardan biriga do‘kondagi navbat borasida qo‘pollik ko‘rsatgan. Voqeaga aralashgan 35 yoshli o‘zbek erkakni esa “cheburek” deb atagan.

Umuman olganda, o‘sha vaziyatda madaniyatlararo mojaro deyarli yuzaga kelgan, Toshkentda uzoq vaqt yashab kelayotgan rus kishi keskinlashuvning oldini olgan. U rossiyaliklarga chet elda mahalliy qoidalarga muvofiq yashash va mahalliy urf-odatlarni hurmat qilish kerakligini eslatgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Trampning sobiq maslahatchisi prezident saylovida qatnashishga tayyorligini bildirdi
Madaniyat
“Kuniga 1 000 dollar topganda talash bo‘lgan ota keksayganda hech kimga kerak bo‘lmay qoldi” — Bobomurod Hamdamovning kelini oiladagi kelishmovchiliklar haqida (vi...
Sport
Braziliya terma jamoasi ketma-ket 8-marta mundial chorak finaliga chiqdi