• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +23°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Qozog‘iston prezidenti lavozimiga 12 nafar nomzod ilgari surildi

    Qozog‘iston Markaziy saylov komissiyasi respublika prezidenti lavozimi uchun kurashish niyatida bo‘lganlardan arizalar qabul qilishni yakunladi, deb xabar beradi “Interfaks”.

    Foto: Tengrinews

    Foto: Tengrinews

    “Markaziy saylov komissiyasiga respublika jamoatchilik birlashmalari tomonidan ilgari surilgan 12 nafar nomzoddan hujjatlar taqdim etildi”, — dedi MSK kotibi Muxtar Yerman 12-oktabr kungi majlisda.

    Uning so‘zlariga ko‘ra, nomzodlarning qonunchilik talablariga muvofiqligini tekshirish ishlari yaqin kunlarda tugaydi.

    Nomzodlarni ilgari surish 23-sentabrda boshlanib, 11-oktabr kuni 18:00 da yakunlangan.

    Prezidentlikka nomzod sifatida ro‘yxatga o‘tish uchun quyidagilar MSKga o‘z hujjatlarini taqdim etdi:

    • amaldagi davlat rahbari Qosim-Jo‘mart To‘qayev, u jamoatchilik-siyosiy kuchlar xalq koalitsiyasidan ilgari surildi;
    • Nurlan Auyesbayev, muxolifatchi Umummilliy sotsial-demokratik partiya vakili;
    • Meyram Kajiken, “Amanat” respublika kasaba uyushmalari birlashmasi vakili;
    • Jiguli Dayrbayev, “Auil” xalq-demokratik vatanparvarlik partiyasidan;
    • Nurjan Altayev, “Mukalmas” respublika jamoatchilik birlashmasidan;
    • Karakat Abden, ijtimoiy xizmatchilar milliy alyansidan;
    • Talgat Yergaliyev, “Qozog‘iston quruvchilar ittifoqi” rahbari;
    • Jumatay Aliyev, “Xalq demografiyasi” jamoatchilik birlashmasi vakili;
    • Xayrulla Gabjalilov, “Asar” oralmanlar respublika jamoatchilik birlashmasi vakili;
    • Saltanat Tursinbekova, “Qozoq onalari — an’analarga yo‘l” jamoatchilik birlashmasi vakili, huquq himoyachisi;
    • Bakit Janabayev, “Qozog‘iston futbol havaskorlari ligasi” vakili, davlat daromadlari departamenti xodimi;
    • Fotima Bizakova, “Amaliy psixologiya” jamoatchilik birlashmasi vakili.

    Da’vogarlar qanday talablarni bajarishi kerak?

    Navbatdan tashqari prezident saylovlari 20-noyabrga belgilangan. Nomzodlar ism-shariflari saylov byulletenlariga kiritilishidan oldin ular Qozog‘iston qonunchiligi tomonidan belgilangan bir qator talablarni bajarishi kerak.

    Birinchidan, ular davlat tili — qozoq tili bo‘yicha imtihon topshirishi kerak. Ikkinchidan, eng kam ish haqining 50 barobari — 6,5 ming yevro miqdorida saylov badalini to‘lashi kerak. Agar nomzod kamida 5 foiz saylovchilar ovozini to‘plasa, bu pul qaytarib beriladi. Uchinchidan, da’vogar va uning turmush o‘rtog‘i daromadlari, aktivlari va majburiyatlari haqida davlat organlari tomonidan tasdiqlangan deklaratsiyalar topshirilishi kerak.

    Eng asosiysi esa saylovda qatnashishga ruxsat berilgan ehtimoliy nomzodlar o‘n kun davomida, ya’ni 21-oktabrga qadar ovoz berish huquqiga ega Qozog‘iston fuqarolaridan kamida 118 mingta (barcha saylovchilarning 1 foizi) imzo yig‘ishi kerak.

    G‘alaba imkoniyati kimda ko‘proq?

    Saylov kampaniyasi ibtidosini diqqat bilan kuzatayotgan qozog‘istonlik ekspertlar qayd etishicha, amaldagi prezident To‘qayevdan tashqari, 2—3 nafar, eng ko‘pi bilan to‘rt nafar nomzod saylovchilarning rasmiy ko‘magiga ega bo‘lishi mumkin.

    MSK topshirig‘ini o‘zining ukrainparast pozitsiyasi va Mixail Saakashvili bilan inoqligi orqali tanilgan parlament quyi palatasi sobiq deputati Nurjan Altayev, Qozog‘iston kasaba uyushmalari hamdo‘stligi vakili Meyram Kajiken va prezident saylovida ilgari qatnashgan akademik Jumatay Aliyev bajarishi mumkin. Qolgan da’vogarlarni mamlakat aholisi deyarli tanimaydi, deydi ekspertlar.

    Eslatib o‘tamiz, Qozog‘istonda 20-noyabr kuni navbatdan tashqari prezidentlik saylovi o‘tkaziladi. Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev shu yil kuzda navbatdan tashqari prezident saylovlarini o‘tkazish taklifini 1-sentabr kuni xalqqa yo‘llagan murojaatida bildirgandi. Prezidentlik mandatini yetti yillik bitta muddat bilan cheklashni va qayta saylanishni taqiqlashni ham o‘sha murojaatida taklif qilgandi.

    Mavzuga doir:

    • To‘qayev prezident sayloviga o‘z nomzodini “jamoatchilik-siyosiy kuchlar keng koalitsiyasi” nomidan qo‘ymoqchi
    • Polsha fuqarosi Qozog‘iston prezidenti lavozimiga o‘z nomzodini qo‘yishga urindi

    12.10.2022, 14:18   Izoh (0)   28154
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Serdar Berdimuhamedov Turkmaniston Ukraina bilan aloqalarni kengaytirishdan manfaatdorligini ma’lum qildi

    12.10.2022, 14:14

    Rossiya FXX Qrim ko‘prigidagi portlash ishi bo‘yicha 8 nafar gumonlanuvchini qo‘lga oldi

    12.10.2022, 13:08

    Lukashenko hozir MDHdagi asosiy odam kim ekanini aytdi (video)

    12.10.2022, 11:45

    “Ikkalamiz ham o‘z mamlakatimizning qo‘shiqchilarimiz”. Zemfira Tel-Avivda Pugachyova bilan ko‘rishdi

    12.10.2022, 11:40

    Qrim ko‘prigidagi portlashdan so‘ng Kerchda terrorchilik xavfining yuqori darajasi joriy etildi

    12.10.2022, 11:25

    Ukraina Germaniyadan birinchi IRIS-T raketa majmuasini qabul qildi — bu eng zamonaviy nemis mudofaa tizimidir

    12.10.2022, 11:17
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    NASA hamkorligida yaratilgan sun’iy intellekt Quyoshdagi chaqnashlarni 2 soat oldin prognoz qila oladi

    Dunyo | 23 avgust, 22:50

    “AQSH bosimiga qarshi birdammiz”: Xitoy Hindistonni qo‘llab-quvvatladi

    Dunyo | 23 avgust, 22:10

    Superliga. “Nasaf” “Surxon”dan ustun keldi, “OKMK” “Xorazm” darvozasiga 3 ta gol kiritdi

    Sport | 23 avgust, 21:50

    Xitoyda ko‘prik qulashi oqibatida 12 nafar ishchi halok bo‘ldi (video)

    Dunyo | 23 avgust, 21:35

    Rauf Parfi, Muhammad Yusuf va boshqa marhum ijodkorlar ordenlar bilan mukofotlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 21:11

    Muftiy Nuriddin Xoliqnazarov “Oliy darajali imom Buxoriy” ordeni bilan taqdirlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 20:46

    Ispaniyadagi plyajlar zaharli va noyob shilliqqurt sabab yopildi

    Dunyo | 23 avgust, 20:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.