“PSJ”ga egalik qiluvchi kompaniya “Braga” klubi ulushlarini sotib oldi.
Qatar Sports Investments (QSI) kompaniyasi Portugaliya klubining 21,67% aksiyasini xarid qildi.
QSI “Braga” klubining moliyaviy va sport jihatidan o‘sish istiqboli bor deb hisoblaydi. Yangi aksiyadorlar “Braga”ni Portugaliyaning yetakchi klublaridan biriga aylantirmoqchi.
QSI 2011-yildan buyon Parij klubiga egalik qilib keladi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)