• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +36°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Tanzila Norboyeva Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatida aholi bandligini ta’minlash borasidagi ishlarni tanqid qildi

    Senat raisi Tanzila Norboyeva Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatida yangi ish o‘rinlarini yaratish va aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlarni o‘rganish natijalari to‘g‘risida fikr bildirdi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Quyida Senat raisining fikrlari to‘liq holda keltiriladi.

    Albatta, yangi ish o‘rinlarini yaratish va aholi bandligini ta’minlash bilan bog‘liq tizimli masalalar respublika darajasida hal qilinadi. E’tirozlar o‘rinli. Bandlik masalasini amaliy hal etishda muhim bo‘lgan mehnat yarmarkalarini o‘tkazish, ularning samaradorligini oshirish, band qilingan aholiga to‘lanadigan ish haqi munosib mehnat standartlariga to‘liq javob berishi, bu borada xususiy korxonalar o‘rtasida sog‘lom raqobatni ta’minlashga qaratilgan qanday ishlar mas’ullar tomonidan yo‘lga qo‘yilgan? Kvotalangan ish o‘rinlari qanchani tashkil etadi? Va, albatta, ishga joylashishga talabgor bo‘lgan fuqarolarimiz o‘rtasida, umuman olganda, hududdagi aholi o‘rtasida qanday targ‘ibot ishlari olib borilmoqda? Aholining hududdagi bandlik shart-sharoitlari borasida xabardorligi darajasi tegishlicha tashkil etilmoqdami? Mutassadilarga aynan ana shu va shu kabi dolzarb savollarni berdik.

    Gap mas’uliyat va talabchanlik haqida borar ekan, hududiy tuzilmalar ham o‘z ishini tanqidiy ko‘rib chiqishi kerak. Joylarda ishsiz aholi bilan bevosita ular ishlaydi. Hududning o‘ziga xos xususiyatlari, imkoniyatlari va salohiyatini, avvalo, quyi tashkilotlar baholashi kerak. Taklif, tashabbuslar ham pastdan chiqishi kerak, aslida. Qoraqalpog‘istonda ko‘plab yakka tartibdagi tadbirkorlik subyektlari o‘z faoliyatini yo‘lga qo‘ygan. Shu bilan birga, qator tadbirkorlik subyektlari o‘z faoliyatini to‘xtatgan yoki tugatgan (yetti oyda qariyb 2900 ta yakka tartibdagi tadbirkorlik subyekti tashkil etilgan bo‘lsa, shu davrning o‘zida ularning 900 ga yaqini yoki qariyb har uchtadan bittasi (30 foizi) faoliyatini to‘xtatgan).

    Sabab nima? Buni o‘ylash, o‘rganish, tahlil qilish kerak. Yana bir jihat: shu yilning o‘zida aholi bandligini ta’minlash masalasini Senatda uch marta muhokama qildik, bu – to‘rtinchisi. Ko‘p bora muhokama qilishimizga qaramasdan, ayrim tizimli muammolar hamon saqlanib qolmoqda.

    Bitta misol. Xorazm viloyatida hududiy investitsiya dasturi doirasida 19 ta loyihaga kredit mablag‘larining ajratilmagani sababli yuzlab ish o‘rinlari tashkil etilmasdan qolgan (Xalq bank – 5, Agrobank – 5, Qishloqqurilishbank – 4, Mikrokreditbank – 2, Milliy bank – 2, Aloqa bank – 1). Investitsiya va tashqi savdo vazirligi, Markaziy bank, tijorat banklari va viloyat hokimligi ushbu masalani chuqur o‘rganib, bir oy muddatda Senatga axborot kiritishi zarur.

    Yana bir holat: “Hunarmand” uyushmasiga a’zo bo‘lgan subyektlar YaTT shaklida soliq organlari bazasida hisobga olinishi lozim. Biroq bu borada aniq, shaffof mexanizmalar yetishmaydi. Ma’lumotlar o‘zaro integratsiya qilinmagan. Hunarmandchilik yo‘nalishidagi ish o‘rinlarining aniq hisobi yo‘q. Soliqda boshqa raqam, uyushmada boshqa raqam.

    Sohaga ajratilgan kredit va subsidiyalarni o‘zlashtirishda ham kamchiliklar bor. Shuning uchun ayni paytda tarqoq holatda bo‘lgan ayrim elektron tizimlar, xususan “hunar”, “online-mahalla”, “oilakredit” platformalarini o‘zaro integratsiya qilish zarur. Xuddi shuningdek, “Hunarmand” uyushmasi a’zosi bo‘lgan tadbirkorlik subyektlarining aniq hisobini yuritish uchun soliq organi ma’lumotlar bazasini takomillashtirish kerak. Ushbu masalalar bo‘yicha Vazirlar Mahkamasi tegishli choralar ko‘rib, ikki oy muddatda Senatga axborot kiritishi kerak.

    Har gal bandlik masalalarini muhokama qilishda mahalliy kengashlarni ushbu yo‘nalishda mas’uliyatni oshirish va faollikka chaqiryapmiz. Qarorlarimizda alohida va aniq tavsiyalar ham yozyapmiz. Har oy yakuni bilan hududdagi ishlar holatini tanqidiy muhokama qilish, ishlar sust tashkil etilgan hududlar bo‘yicha mutasaddilarga chora ko‘rish kerakligini aytyapmiz. Shunga qaramay, Urganch, Hazorasp va Shovot tumanlarida yangi ish o‘rinlari yaratish masalasi mahalliy kengash sessiyalarida bir marta muhokama qilingan, xolos. Nima, bu tumanlarda ishsizlar qolmaganmi?!

    Bunday holatni qolgan hududlar misolida ham ko‘rish mumkin. Faol deputatlik va jamoatchilik nazoratini yo‘lga qo‘ymay turib, hududlarda dasturiy vazifalarning bajarilishiga erishish qiyin. O‘rganilgan hududlarda ish o‘rinlari yaratilishi va aholi bandligi ta’minlanishiga bevosita mas’ul bo‘lgan mutassadilar bugun bayon etilgan tanqidiy fikrlardan tegishlicha xulosalar chiqarishi va mazkur masalaga jiddiy yondashishi zarur.

    Tanzila Norboyeva, Senat raisi

    08.10.2022, 22:54   Izoh (0)   35961
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Finlyandiya standarti bo‘yicha boshlang‘ich sinflar uchun darslik tayyorlandi” — Shavkat Mirziyoyev

    08.10.2022, 22:23

    Televizor, telefon, kompyuter: har 100 ta uyga ular nechtadan to‘g‘ri kelayotgani aytildi

    08.10.2022, 21:31

    O‘zbekistonga 9 oyda qancha sayyoh kelgani ma’lum bo‘ldi

    08.10.2022, 21:10

    Denov va Urganch dzyudo sport maktablari tashkil etiladi

    08.10.2022, 20:36

    “Inson salomatligi uchun o‘ta xavfli”: Toshkent havosi bir muddat nafas olib bo‘lmaydigan darajada ifloslandi

    08.10.2022, 20:09

    JSST 7 tilda tibbiy maslahat beruvchi “elektron shifokor”ni taqdim etdi

    08.10.2022, 19:14
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    Dunyo | 23 avgust, 13:22

    Yuziga ajin tushishidan qo‘rqib, 40 yil tabassum qilmay yashagan ayol hozir qanday ko‘rinishda?

    Layfstayl | 23 avgust, 12:45

    O‘zbekiston MOQ rahbarlari “Manchester Siti” klubi mehmoni bo‘lishdi

    Sport | 23 avgust, 12:30

    Uzbekistan Airports’ning 6,8 mlrd so‘mlik davlat xaridi qonunchilikka zid o‘tkazilgani aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 12:25

    Tailandda qirolni haqorat qilgan sobiq bosh vazir va milliarder oqlandi

    Dunyo | 23 avgust, 12:05

    Dunyodagi eng keksa odam 116 yoshini nishonladi

    Layfstayl | 23 avgust, 11:45

    Avstriyada 289 kilolik mahbus soliq to‘lovchilarning noroziligiga sabab bo‘ldi

    Dunyo | 23 avgust, 11:30
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.