Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Zaporojye shahriga 6-oktabr tongida uyushtirilgan raketa hujumi oqibatida 11 kishi halok bo‘lgani aniqlandi. Yana 21 kishi turar joy binolari vayronalari ostidan qutqarib olindi. Bu haqda Ukraina favqulodda vaziyatlar davlat xizmati xabar berdi.

Foto: Ukraina favqulodda vaziyatlar davlat xizmati

Foto: Ukraina favqulodda vaziyatlar davlat xizmati

Qutqaruvchilarning so‘zlariga ko‘ra, Zaporojyeda kamida ikkita uy vayron bo‘lgan. Besh qavatli bino vayronalari ostidan qutqaruvchilar sakkiz kishining jasadini olib chiqdi, shuningdek, olti kishini tirik chiqarib oldi, ulardan besh nafari kasalxonaga yotqizildi.

To‘rt qavatli bino vayronalari ostidan esa 3 nafar jasad topildi. 15 kishi qutqarib olindi, ulardan sakkiz nafari kasalxonaga yotqizildi.

Vayronalarni tozalash davom etmoqda. Ishga Favqulodda vaziyatlar davlat xizmatining 45 nafar xodimi va 12 ta texnikasi, shuningdek, 5 ta xo‘jalik texnikasi jalb qilingan.

Foto: Ukraina favqulodda vaziyatlar davlat xizmati

Foto: Ukraina favqulodda vaziyatlar davlat xizmati

Foto: Ukraina favqulodda vaziyatlar davlat xizmati

Foto: Ukraina favqulodda vaziyatlar davlat xizmati

6-oktabr kuni ertalab Ukraina hukumati mamlakat nazorati ostidagi Zaporojye shahriga 7 ta raketa kelib tushgani haqida xabar bergandi. Snaryadlar uylarga teggan. Zaporojye viloyati harbiy boshqarmasi boshlig‘i Aleksandr Starux hujumda rossiyalik harbiylarni aybladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Foto: Zarbalardan keyin chiroqsiz qolgan Ukrainaning koinotdan ko‘rinishi
Mahalliy
Andijonda Isuzu va yuk mashinasi to‘qnashishi oqibatida 41 kishi jarohatlandi, 3 nafari voqea joyida halok bo‘lgan
Dunyo
Sena daryosi bo‘ylab sayr: turli-tuman qiyofalar va mashhur tarixiy obidalar — suratlarda