• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12676.11
    • RUB161.56
    • EUR14975.56
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Afg‘onistonda urush boshlagan AQSH, dispetcher xatoligi sabab qulagan samolyot va Putinning tug‘ilgan kunida o‘ldirilgan faol jurnalist. Kun xronologiyasida 7-oktabr

    7-oktabr sanasiga bog‘liq diqqatga sazovor voqealar qatoridan Afg‘onistonda urush boshlagan AQSH, xatolik sabab halokatga uchragan “Yak-40” hamda Rossiya prezidentining tug‘ilgan kunida o‘ldirilgan jurnalist Anna Politkovskayaga oid faktlar o‘rin olgan.

    AQSHning Afg‘onistondagi operatsiyasi

    2001-yilning 7-oktabr kuni AQSH va uning ittifoqchilari 11-sentabr teraktiga javoban Afg‘onistonda “Yengilmas ozodlik” nomli operatsiyasini boshlagan edi. AQSH va Buyuk Britaniya qo‘shinlarining Afg‘onistonga kiritilishiga BMT Xavfsizlik Kengashining 12-sentabrdagi 1368-sonli rezolyutsiyasi asos bo‘lib xizmat qilgan.

    Bundan tashqari, Afg‘onistondagi terrorchilik harakatlariga qarshi kurashga NATO vakillari qo‘mondonligidagi Xalqaro xavfsizlik kuchlari (ISAF) kontingenti kelib qo‘shilgan. Ikkala kontingentning ham asosiy vazifasi “Tolibon” ekstremistik harakati va “Al-Qoida” xalqaro terrorchilik guruhining jangarilarini qidirib topish hamda yo‘q qilish bo‘lgan.

    Foto: “RIA Novosti”

    Foto: “RIA Novosti”

    Jangovar harakatlarning dastlabki oylarida Amerika aviatsiyasi toliblarning turli harbiy obyektlariga havodan zarbalarni amalga oshirgan. Bir oylik bombardimonlardan keyin “Tolibon” harakatining jangovar faolligi sezilarli darajada kamaygan. 2001-yilning 9-noyabr kuni NATO qo‘shinlari tomonidan jiddiy hujum operatsiyasi boshlangan — yirik shahar hisoblanmish Mozori-Sharif egallangan. 13-noyabr kuni toliblar 1996-yildan beri boshqarib kelayotgan Kobulni jangsiz tashlab ketgan.

    25-noyabr kuni Afg‘onistonga AQSH harbiylaridan iborat birinchi katta kontingent yetib kelgan — mingga yaqin dengiz piyodalari vertolyotlar yordamida Qandahor janubiga olib kelinib, Kemp-Rino tezkor bazasi tuzilgan. Jangovar harakatlarning asosiy bosqichi 7-dekabr kuni Qandahorning egallanishi bilan yakunlangan.

    Foto: Reuters

    Foto: Reuters

    Omon qolgan “Tolibon” va “Al-Qoida” harakatlarining a’zolari o‘z lagerlarini saqlab qolib, mamlakatning turli burchaklaridan hujumlarni amalga oshirishni boshlagan. Bin Laden boshchiligidagi ularning oliy rahbariyati Pokistonga chekingan.

    Xalqaro terrorizmga qarshi e’lon qilingan urushning ikki yil davom etgan “faol fazasi”da ayrim muvaffaqiyatlarga erishilgan. Amerika manbalariga ko‘ra, bu vaqt davomida havo hujumlari orqali “Al-Qoida” rahbariyatning uchdan ikki qismi o‘ldirilgan yoki asirga olingan, jumladan, Qandahorda tashkilotning harbiy vakili Abuxafz, shuningdek, Bin Ladenning maslahatchisi Abdumuhammad Misriy o‘ldirilgan.

    2007-yilning mayida xalqaro koalitsiya mamlakat janubidagi “Tolibon”ning barcha kuchlariga qo‘mondonlik qilgan mulla Dadullani yo‘q qilishga muvaffaq bo‘lgan. Hokimiyatni yo‘qotgan “Tolibon” harakati partizanlik janglarini amalga oshirishga o‘tgan. Patrullarga hujumlar, yo‘l va ko‘priklarni minalashtirish, Amerika va NATO harbiy xizmatchilariga hujumlar uyushtirish ularning asosiy vazifasiga aylangan.

    2009-yilning 1-dekabrida AQSH prezidenti Barak Obama Vest-Poyntdagi harbiy akademiya tinglovchilari oldida chiqishida Afg‘oniston bo‘yicha yangi strategiyasini e’lon qilgandi. Unga ko‘ra, strategiya uchta “kitga” asoslangan: BMT, xalqaro sheriklar va afg‘on xalqi bilan, shuningdek, Pokiston bilan yaxshi sherikchilikda “Tolibon”ga qarshi harbiy harakatlar. Obama Afg‘onistonda qo‘shimcha 30 ming harbiy xizmatchi yuborilishini bildirib, bu mamlakatdagi vaziyatni barqarorlashtirishga yordam berishi va 2011-yil iyulidan Amerika qo‘shinlari olib chiqib ketilishini ta’kidlagan.

    2011-yilning mayida sharqiy Nuriston viloyati “toliblar respublikasi”ga aylangan. Oldinroq bu yerga joylashtirilgan Amerika qo‘shinlari yil boshida ko‘plab yo‘qotishlar va chegara yaqinidagi g‘orlarda jang qilish samarasizligi bois hududni tark etgandi.

    Foto: “RIA Novosti”

    Foto: “RIA Novosti”

    O‘sha yilning mayida AQSH maxsus xizmatlari ikkita muvaffaqiyatli operatsiyani o‘tkazgan. 2-may kuni kechasi “Al-Qoida” xalqaro terrorchilik tashkiloti yetakchisi Usama bin Laden Pokiston shimolidagi Abbotobod shahridagi uyida o‘ldirilgan.

    23-may kuni Sinxua agentligi afg‘on telekanallaridan biriga tayanib, “Tolibon” harakatining Afg‘onistondagi yetakchisi mulla Muhammad Umar Pokistonda yo‘q qilinganini e’lon qilgan.

    2011-yilning iyunida AQSH prezidenti Barak Obaka o‘z xalqiga murojaatida Afg‘oniston xavfsizligini ta’minlash mas’uliyati mahalliy hokimiyatga 2014-yilga qadar o‘tib bo‘lishi kerakligini ma’lum qilgan. 2013-yilning 13-fevral kuni Kongressdagi chiqishida u Amerika kontingentining yarmi — 34 ming harbiy xizmatchi 2014-yil boshida Afg‘onistondan chiqib ketishini aytgan. OAV ma’lumotlariga ko‘ra, o‘sha vaqtda Afg‘onistonda 66 ming amerikalik harbiy xizmatchi bo‘lgan.

    Foto: “RIA Novosti”

    Foto: “RIA Novosti”

    2014-yilning 28-dekabr kuni NATOning Qo‘shma Shtatlar boshchiligidagi Afg‘oniston missiyasi yakunlangan. Rasmiy yopilish marosimi Kobulda bo‘lib o‘tgan. U xavfsizlik nuqtai nazaridan maxfiy tarzda o‘tkazilgan. AQSHning Afg‘onistondagi harbiy kampaniyasi 13 yil davom etgan mamlakat tarixidagi eng uzoq urushga aylangan. Yillar davomida AQSH harbiy kontingentining maksimal soni 2010-yilda 140 ming askarga yetgan.

    Jangovar harakatlar davomida 2,3 ming amerikalik askar hamda mingdan ortiq xalqaro koalitsiya harbiylari o‘ldirilgan. 17,6 mingdan ortiq harbiy xizmatchi yaralangan. Otishmalar, portlashlar, tungi hujumlar oqibatida 21 mingdan ortiq tinch aholi halok bo‘lgan.

    2021-yilning 31-avgust kuni AQSH Afg‘onistondagi barcha qo‘shinlarini olib chiqib ketdi. O‘sha oyning 15-sanasida hokimiyat tepasiga kelgan “Tolibon” harakati 31-avgustni davlat bayrami sifatida e’lon qildi.

    Foto: Reuters

    Foto: Reuters

    O‘tmish fojiasi: 44 yil oldin halokatga uchragan “Yak-40”

    1978-yilning 7-oktabr kuni kechqurun Kolsovo aeroportida “Aeroflot” aviakompaniyasining “Yak-40” samolyoti parvozga tayyorlangan. Bort Sverdlovsk—Kostanay—Jambul reysi bo‘yicha uchishi kerak bo‘lgan. Komandir Gennadiy Panchkovsiy, ikkinchi uchuvchi Sergey Nedugov, bortmexanik Vitaliy Sorokin va styuardessa Olga Shaxvorostovadan iborat ekipaj hamda 34 nafar yo‘lovchi havoga ko‘tariladi. Sverdlovsk osmonini bulut qoplagan, yerga esa yomg‘ir tomchilayotgan, havo harorati esa Selsiy bo‘yicha +5 darajani tashkil etardi.

    Foto: Wikipedia

    Foto: Wikipedia

    Qozog‘iston fuqarolik aviatsiyasi boshqarmasi idorasi hisobida bo‘lgan va umumiy hisobda 6 291 soat parvoz qilgan “Yak-40” samolyoti uchish-qo‘nish yo‘lagiga kirishga tayyor. Soat 19:48 da havo kemasi ko‘tarilishni boshlagan. Tezlanish olgan vaqtda kutilmaganda samolyotning chap dvigateli ishdan chiqqan. Ammo ekipaj komandiri samolyotga ortiqcha 419 kilogramm yuk ortilgan bo‘lsa-da, parvozni davom ettirish qarorini qabul qiladi. Yon tomondan esayotgan shamol “Yak-40”ning soatiga 205 kilometr tezlikda yerdan uzilishiga imkon bergan.

    Ko‘p o‘tmay samolyot soatiga 210 kilometr tezlikka erishadi va vertikal tezligi soniyasiga 1,4 metrga yetadi, yerdan 100 metr balandlikka ko‘tariladi. Samolyot havoga ko‘tarilganidan ikki daqiqa o‘tib, dispetcherga aloqaga chiqiladi. Havo kemasining komandiri chap dvigateldagi nosozlik haqida xabar beradi. Unga balandlik past bo‘lishiga qaramay, qayrilib olish bo‘yicha ko‘rsatma beriladi.

    “Chap dvigatel ishdan chiqdi… Bizni kiriting… 100 metr balandlikdamiz”. Dispetcherning javobi: “87437, Sverdlovsk-qo‘nish, 100 metrda birinchi aylanishni amalga oshiring”.

    Oradan bir daqiqa o‘tgach “Yak-40” burilishni amalga oshiradi va 23 darajaga og‘ib, tepalikdagi daraxtlarga uriladi. Bu 34 yo‘lovchi va to‘rt nafar ekipaj a’zosi umrining so‘nggi daqiqalari edi.

    Daraxtlarga urilish oqibatida samolyotning chap qanoti uzilib tushadi. Havo kemasi qulashni boshlaydi, parchalanib, yo‘lida uchragan narsani yakson qiladi. Yerga qulash birinchi urilgan daraxtdan 168 metr davomida 60 daraja burchak ostida sodir bo‘ladi. Navbatdagi daraxtga urilganidan o‘ng metr o‘tib, uchuvchilar kabinasi yakson bo‘ladi.

    Foto: Wikipedia

    Foto: Wikipedia

    Havo kemasi to‘liq 180 darajaga ag‘dariladi, samolyotning o‘ng tomoni pachoqlangan, dum qismi esa butunlay uzilib tushgan. Samolyot aerodromdan 7244 metr uzoqlikdagi tepalikdan topilgan. Uning ichida bo‘lgan barcha halok bo‘lgan.

    To‘rtta sabab

    Halokatdan so‘ng tergov boshlangan. Aviaekspertlardan tuzilgan komissiya favqulodda holatning to‘rtta sababini aniqlaydi. Ulardan birinchisi — Fuqarolik aviatsiyasi vazirligi talablarini buzish. Ortiqcha yuk 419 kilogrammni tashkil etgan. Shuningdek, parvoz oldidan komandir muzlashga qarshi tizimni yoqmagan. Yakunda bu asosiy rolni o‘ynagan.

    Ikkinchisi — uchuvchilar xatosi. Parvoz trayektoriyasini o‘rganish davomida dvigatel tortuvchi kuchi butun harakat davomida yetarlicha kuchli bo‘lmagani aniqlangan. Qulash vaqtida chap dvigatel umuman ishlamagan. O‘rta va o‘ng dvigatellar esa o‘z rejimida aylanishlarni amalga oshirgan. Uchish-qo‘nish yo‘lagidan ajralish vaqtida ekipaj avariyaviy vaziyatga chalg‘ib qolgani bois shassi va faralarni ko‘tarmagan. Halokat hujjatiga ko‘ra, fojia sodir bo‘lgan vaqtda ob-havo parvoz uchun qulay bo‘lmagan: maksimal bulut, ko‘ruvchanlik 10 kilometr, shamol soniyasiga 7-10 metr.

    Foto: Wikipedia

    Foto: Wikipedia

    Yana bir sabab — dispetcherning xatosi. Dispetcher 100 metr balandlikda qayrilib olish buyrug‘ini bergan. Kolsova aeroportining parvozlarni amalga oshirish talablari qo‘llanmasiga ko‘ra, 256 daraja kurs bo‘yicha harakat vaqtida xavfsiz qayrilib olish balandligi 350 metrni tashkil etadi. Shuningdek, dispetcher ekipajni obyekt bilan to‘qnashuv ehtimolligi haqida ogohlantirmagan.

    Oxirgisi — muzlashga qarshi tizim. Dvigatellarning normal ishlamay qolganiga muzlashga qarshi tizimning o‘chirib qo‘yilgani sabab bo‘lgan. Tajriba davomida dvigatelning tashqi elementlari havo Selsiy bo‘yicha +8 darajada bo‘lganida ham muzlashi mumkinligi aniqlangan. Xulosada keltirilishicha, halokatga parvozdan oldin muzlashga qarshi tizimning yoqilmagani sabab bo‘lgan.

    Xatolarni bartaraf etish bo‘yicha ishlar

    O‘sha vaqtda “Aeroflot” aviaparkida 825 dona “Yak-40” samolyotlari bo‘lgan. Mazkur samolyotlardan foydalanish davomida 113 ta havo kemasi yo‘q bo‘lgan: 70 foizi shaxsiy tarkibning xatolari sabab halokatga uchragan, 18 foizi — aviatexnikaning ishdan chiqishi oqibatida, 9 foizi tashqi omillar ta’sirida avariyaga uchragan bo‘lsa, 3 foizining sababi aniqlanmagan.

    1973-yildan 1988-yilga qadar samolyot bilan bog‘liq jami yettita shu kabi holat qayd etilgan. Bu esa aviakompaniyalarda shaxsiy tarkibni tayyorlashga e’tiborning kuchaytirilishiga sabab bo‘lgan.

    Anna Politkovskayaning o‘ldirilishi

    Bundan 16 yil oldin — 2006-yilning 7-oktabr kuni rossiyalik jurnalist, inson huquqlari himoyachisi, ko‘plab mukofotlar sovrindori Anna Politkovskaya Moskva markazidagi uyining liftida otib ketilgan edi. O‘shanda u 48 yoshda bo‘lgan. Qotillikni amalga oshirganlar sud qilingan, biroq uni “buyurtma qilganlar”ga beriladigan jinoiy ta’qib muddati o‘tib ketmoqda. Bu huquqiy jarayon. Agarda ular qachondir topilsa ham, jazosiz qoladi.

    Foto: “TASS”

    Foto: “TASS”

    To‘rt yil oldin iyulda Inson huquqlari bo‘yicha Yevropa sudi Rossiyani Politkovskaya ishi bo‘yicha “samarasiz tergov” uchun qoralagandi. Marhumaning qarindoshlariga kompensatsiya belgilangan. Oila a’zolari, xususan, uning onasi Raiza Mazepa ham da’vo arizasini kiritgan. U 2021-yilning yozida, Moskvada 92 yoshida vafot etgandi.

    Liftdagi to‘rt o‘q

    Politkovskaya shanba kuni soat 16:00 dan keyin o‘ldirilgan. Jurnalist mashinada kelgan va qo‘lida paketlar bilan uyiga kirayotgan bo‘lgan. Killer unga liftda o‘q uzgan, o‘qlardan biri uning boshiga teggan. Mazkur qotillik Rossiyada ham, xorijda ham keskin noroziliklarni keltirib chiqargan. Oradan bir necha kun o‘tgach, Rossiya prezidenti Vladimir Putin Drezdenga tashrif bilan borganida unga “Qotil!” deya baqirishgan. Politkovskayaning aynan Putinning tug‘ilgan kunida o‘ldirilishi, turli mish-mishlarni yuzaga keltirgan.

    Anna Politkovskaya 1958-yili Nyu-Yorkda asli ukrainalik bo‘lgan sovet diplomatlari oilasida tug‘ilgan. Moskva davlat universitetining Jurnalistika fakultetini tamomlagach, turli nashrlarga maqola yozgan, 1990-yillar oxiridan boshlab “Novaya gazeta”da faoliyat yuritgan. Uning umrini oxirgi damlarida asosiy mavzu Ikkinchi chechen urushi bo‘lgan.

    Foto: RFE

    Foto: RFE

    Politkovskaya Shimoliy Kavkazga borgan va u yerdagi vaziyat — qotilliklar, qiynoqlar va odamlarni o‘g‘irlashlar haqida yozgan. U Chechenistonning amaldagi rahbari Ramzan Qodirovni, shuningdek, Rossiya prezidentini tanqid qilgan.

    Politkovskaya jurnalistikadan tashqari, inson huquqlarini himoya qilish bilan ham shug‘ullangan — chechen oilalari va o‘ldirilgan yoki bedarak yo‘qolgan rossiyalik askarlarning onalariga yordam bergan.

    Qotilni qidirish ishlari

    Jurnalistni o‘ldirgan shaxs va uning sheriklarini qidirish ishlari sekin kechgan. Dastlabki gumonlanuvchilar tezda topilib, sakkiz yilga qamalgan bo‘lsa-da, sud jarayoni bir nechta bo‘lgan. Jinoyat izlari Chechenistonga eltgan. 2008-yilda birinchi jarayon boshlanib, bir necha oydan keyin yakunlangan — sud hay’ati a’zolari ayblovni isbotlanmadi deb topgan. O‘shanda gumonlanuvchilar uch kishi bo‘lgan: aka-uka Ibrohim va Jabroil Mahmudovlar, shuningdek, sobiq militsiya xodimi Sergey Hojiqurbonov. 2009-yilda Rossiya Oliy sudi hukmni bekor qilgan va tergov qayta boshlangan.

    Gumonlanuvchilar doirasida kengaygan va 2011-yilda bevosita qotil — Mahmudovlarning uchinchi ukasi Rustam qo‘lga olingan. Alohida jarayon bilan 2012-yilda Dmitriy Pavlyuchenko 11 yilga ozodlikdan mahrum etilgan. Moskvalik sobiq militsiyachi Politkovskayani ta’qib qilgani va qotillik uchun qurol yetkazib berganini tan olgan.

    Foto: “TASS”

    Foto: “TASS”

    Asosiy va hozircha oxirgi jarayon 2014-yilning yanvarida boshlanib, mayida tugagan. Rustam Mahmudov umrbod qamoq jazosiga hukm etilgan. Uning akalari Jabroil va Ibrohim mos ravishda 14 va 12 yilga qamalgan. Hojiqurbonov 20 yilga “kesilgan”. Qotillikni Mahmudovlarning amakisi jinoyat olamida tanilgan chechen tadbirkori Lomali Gaytukayev tashkillashtirilgan deb topilgan. U ham umrbod qamoq jazosiga hukm etilgan va 2017-yili koloniyada vafot etgan. Gumonlanuvchilarning barchasi aybiga iqror bo‘lgan.

    “Kun xronologiyasi” loyihasi doirasida har kuni ertalab soat 09:30 da ushbu sanaga bog‘liq eng muhim va qiziqarli voqealar yoritib boriladi.

    Mavzuga doir: Lenin bilan uchrashgan Gerbert Uells, arab davlatlari va Isroil o‘rtasidagi “Oxirzamon urushi” va rus generalining harbiy gospitaldan quvilishi. Kun xronologiyasida 6-oktabr

    07.10.2022, 09:30   Izoh (0)   56754
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Ham Moskva, ham Kiyev bilan faqat men ochiq muloqot qilyapman”. Erdo‘g‘on Putin bilan qo‘ng‘iroqlashish rejasini ma’lum qildi

    07.10.2022, 09:02

    Moskvadagi Federatsiya minorasi yaqinida ikki mashina yonib ketdi. Guvohlar ularga o‘t qo‘yilganini aytmoqda (video)

    06.10.2022, 23:25

    Zelenskiy NATOni Rossiyaga qarshi profilaktik zarba berishga chaqirdi

    06.10.2022, 22:42

    O‘zbekiston chegarachilari Hayraton ko‘prigida toliblar bilan uchrashdi

    06.10.2022, 22:16

    Bayden G20 sammitida Putin bilan uchrashishni istisno qilmadi

    06.10.2022, 21:42

    Zelenskiy Putinning yadro zarbasi tahdidiga javob berdi

    06.10.2022, 21:00
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda endi 7-9-sinf o‘quvchilari universitetda ham o‘qitiladi

    O‘zbekiston | 1 iyul, 23:15

    “Daryo” dayjesti: 1-iyulning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 1 iyul, 23:00

    Uorren Baffet 6 mlrd dollarlik Berkshire aksiyalarini xayriya qildi

    Dunyo | 1 iyul, 22:40

    Toshkent arxitektura-qurilish universitetida dual ta’lim joriy etiladi

    O‘zbekiston | 1 iyul, 22:25

    3 yil davomida uydan chiqmagan erkak axlat va chiqindilar uyumi orasidan topildi

    Dunyo | 1 iyul, 22:14

    “Kunning kamida 2-3 soatini salqin xonada o‘tkazing”. JSST anomal issiqda aholiga zarur bo‘lgan tavsiyalar berdi

    O‘zbekiston | 1 iyul, 21:55

    AQSH sog‘liqni saqlash vaziri amerikaliklarni dunyodagi eng kasal millat deb atadi

    Dunyo | 1 iyul, 21:45

    “Yoshlar Ittifoqi” qurib bitkazgan “Asr qurilishi” — BAM tarixi

    Dunyo | 1 iyul, 21:35

    WP: Mask raqobatchilarning maxfiy ma’lumotlariga kirish imkoniyatiga ega bo‘lgan

    Dunyo | 1 iyul, 21:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.