Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

6-oktabr kuni erta tongda Rossiya qo‘shinlari Ukraina hukumati nazorati ostidagi Zaporojye shahriga yettita raketa hujumi uyushtirdi. Bu haqda Zaporojye viloyati harbiy boshqarmasi boshlig‘i Aleksandr Starux ma’lum qildi.

Staruxning so‘zlariga ko‘ra, zarbalar nishoni infratuzilma obyektlari bo‘lgan, ammo raketalar ko‘p qavatli turar joy binolariga tushgan. Uylar jiddiy shikastlangan, shaharda yong‘inlar boshlangan.

“Zaporojye shahriga raketa hujumlari oqibatida ikki ayol halok bo‘ldi, yana besh kishi vayronalar ostida qolmoqda”, — dedi Starux.

Tarmoqlarda hodisa joyidagi vayronagarchiliklar aks etgan video va suratlar tarqaldi.

“Suspilne” nashri ma’lumotlariga ko‘ra, Zaporojyega hujum vaqtida jami 10 kishi jabrlangan. Ulardan sakkiz nafari kasalxonaga yotqizilgan. Viloyat hokimligi rahbarining so‘zlariga ko‘ra, shifoxonaga tushganlar orasida uch yoshli qizcha ham bor.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Pablo Eskobar buyrug‘i bilan portlatilgan Boeing, “Nevskiy ekspress” poyezdidagi terakt va sovet hukumatiga qarshi boshlangan Slutsk qo‘zg‘oloni. Kun xronologiyasi...
Mahalliy
O‘zbekistonda 175 kishining pasportiga IMEI kodlari noqonuniy ro‘yxatdan o‘tkazilgani aniqlandi
Mahalliy
Uy-ro‘zg‘or ishlari ayollarning iqtisodiy faolligini tushiradi: O‘zbek ayolining martabaga erishish imkoniyatlari tahlil qilindi